Prezident Donald Tramp Vladimir Zelenskiy Vatikandagi uchrashuvda AQSHdan qo‘shimcha qurol so‘raganini oshkor qildi. Amerika yetakchisi esa bunga javoban, avvalo suhbatdoshining Rossiya bilan tinchlik jarayonidagi ijobiy harakatiga guvoh bo‘lish istagida ekanini ta’kidlagan.

– U ko‘proq qurol kerakligini aytdi, – dedi u uchrashuv tafsilotiga to‘xtalib. – Bu so‘rov uch yildan beri takrorlanadi. Har ikki tomon qanday yo‘l tutishini ko‘ramiz.

Shanba kuni ikki yetakchi Rim Papasi Fransiskning dafn marosimida “juda qisqa” uchrashuv o‘tkazgani xabar qilingan edi. Zelenskiy ushbu muloqotni izohlarkan, Amerika rahbari bilan “ko‘p narsani muhokama qilishga ulgurgani”ni aytib, hamkasbiga minnatdorlik bildirdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zelenskiy Vatikanda Trampdan nima so‘radi?