Zelenskiy Putin bilan Turkiyada uchrashishni taklif qildi (+video)
Kiyev Turkiyaga murojaat qilib, Ukraina va Rossiya prezidentlari Volodimir Zelenskiy va Vladimir Putin o‘rtasida oliy darajadagi uchrashuvni tashkil etishni so‘radi, deb xabar berdi TRT kanali.
Bu haqda Antaliya diplomatik forumida Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga ma’lum qildi.
Kiyev bu ehtimoliy uchrashuvda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va AQSH prezidenti Donald Tramp ham ishtirok etishini taklif qilmoqda.
Ukraina tashqi ishlar vaziriga ko‘ra, Kiyev muzokaralarga tayyor va aniq takliflarga ega. Turkiya esa dunyoning eng kuchli armiyalaridan biriga ega davlat sifatida tinchlik jarayonini tezlashtirishda muhim rol o‘ynashi mumkin.Anqara avval ham ikki davlat o‘rtasidagi muzokaralarga mezbonlik qilgan.
Joriy yil fevraldan beri Rossiya–Ukraina o‘rtasidagi tinchlik masalalari bo‘yicha harakatlar to‘xtab qolgan. Ikki tomon ham bu tanaffusni Vashington e’tibori Eron masalasiga qaratilgani bilan izohlamoqda.
<iframe width="480" height="860" src="https://www.youtube.com/embed/5AUc2CzO3Vk" title="Zelenskiy Putin bilan Turkiyada uchrashishni taklif qildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA