Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy Turkiyada Vladimir Putin bilan ehtimoliy uchrashuv oldidan Prezidentning o‘zidan boshqa hech bir Rossiya vakili bilan muzokara o‘tkazmasligini aytdi. Bu haqda CNN yozdi.

– Turkiyada Putin bilan uchrashishga tayyorman, urushni to‘xtatish masalasi u bilan kechadigan bevosita muzokara orqali muhokama qilinadi, – degan Zelenskiy. – RFda hamma narsa yetakchiga bog‘liq.

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Istanbuldagi muzokarada ishtirok etishi aniq. Tramp ham muhim uchrashuvda qatnashishga rozi, biroq Kreml hozircha Putinning o‘zi kelish-kelmasligini aytishdan bosh tortdi. Matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Prezident borish zarur deb hisoblasa, sizlarni xabardor qilamiz”, deya izoh bergan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zelenskiy: Men faqat Putin bilan gaplashaman