Zelenskiy “katta yettilik” sammitida ishtirok etadi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 27 iyun kuni “katta yettilik” sammitida videokonferensaloqa orqali ishtirok etadi.
Bu haqda Germaniya hukumati vakili Kristian Xofman ma’lum qildi.
Germaniya kansleri Olaf Shols Kiyevga tashrifi davomida Ukraina rahbarini “katta yettilik” ishida qatnashishga taklif etgan va darhol rozilik olgan.
Germaniya vakilining aytishicha, sammit 26 iyunda boshlanib, ertasiga ham davom etadi. 27 iyun kuni tadbirda hamkor davlatlar – Senegal, Janubiy Afrika, Hindiston, Indoneziya, Argentina hamda qator xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.
“Katta yettilik” yig‘ilishi Bavariyaning Garmish-Partenkirxen shahri yaqinidagi Elmau qal’asida bo‘lib o‘tadi.
O‘zA