Zelenskiy ikki viloyat rahbariyatini yangiladi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev va Nikolayev viloyatlari ma’muriyatidagi bir necha muhim kadrlarni o‘zgartirdi.
Davlat rahbari rasmiy saytida e’lon qilingan tegishli farmonga ko‘ra, Timur Tkachenko Kiyev shahri harbiy ma’muriyati rahbari lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, poytaxt viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Nikolay Kalashnik qayta tiklash, infratuzilma va transport vaziri etib tayinlandi, Nikolayev viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Kim faxriylar ishlari vaziri lavozimiga o‘tdi. Ularning o‘rniga mos ravishda Ruslan Olinik va Georgiy Reshetilov tegishli vazifani vaqtincha bajaruvchi etib тайинланди.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA