FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotog‘ massividagi Zarkamar qishlog‘i – go‘zalligi va sirli manzaralari bilan har bir sayyohning e’tiborini tortadigan maskan. Bu yerda joylashgan mahobatli toshlar go‘yo uzoq o‘tmishdan so‘zlayotgandek.
Qizig‘i shundaki, bu tabiiy yodgorliklarning aynan qanday shakllangani, necha yillik tarixga ega ekani haqida aniq ma’lumot mavjud emas. Mahalliy aholi esa bu g‘orlar va toshlar haqida turli rivoyatlarni so‘zlashadi.
[gallery-23907]
Tog‘ bag‘riga o‘yilgan g‘orlar, tabiiy shamollar va yomg‘ir ta’sirida hosil bo‘lgan silliq sathlar, haykalga o‘xshab turgan tosh shakllar — bularning bari tabiatning mo‘’jizaviy ijodidir. Ushbu landshaftlar inson qalbida zavq uyg‘otadi.
Agar tarixchilar va geologlar tomonidan bu hudud chuqur o‘rganilsa, ehtimol, o‘lkamiz tarixining muhim bo‘lagi sifatida yangi ochilmalarga sabab bo‘lishi mumkin. Hozircha esa Zarkamar – bu sokinlik va tabiat bilan birga bo‘lishni istaganlar uchun chinakam oromgohdir
O‘zA fotomuxbiri
Jonibek QO‘ZIMURODOV olgan suratlar.