Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Zar qadrini zargar bilar” nomli ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada Toshkent shahrida yashab, ijod qilib kelayotgan 15 nafar taniqli zargar ustalar va 10 nafar yosh zargarning ijodiy ishlari namoyish qilindi.

Jumladan, ko‘rgazmada Dadamuhamedovlar sulolasining kenja vakili Bobur Dadamuhamedov asarlari, taniqli zargarlar Mehriddin Xoliqov, Odil Tadjimuratov, Fanis Axmetzyanov, Anel Ulumbekova, Ibrat Yusupov, Ramziddin Azizov, Yuliya Kutovaya, Rinat Muxametshin, Irina Muxametshina, Mirvosil Obidov, Bobur Muhamedov, Fotima Yusupova, Bahodir Davlatovlarning noyob zargarlik ishlari tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.

Shuningdek, ko‘rgazmada Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Zargarlik buyumlari dizayni” mutaxassisligi talabalarining ijodiy ishlari tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.


Ko‘rgazma joriy yilning 23 martigacha davom etadi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA