Zararli video o‘yinlar va ularning yoshlar ongiga ta’siri
Texnologik asrda yashayotganimiz bugun nafaqat yangi imkoniyatlar, balki cheksiz hududlarni ham yaratib bermoqda. Internet tarmog‘i orqali istalgancha ma’lumotni qidirish, topish yoki yaratish mumkin. Bu, albatta quvonarli o‘zgarish. Ammo ko‘ngilni xijil qiladigan yana bir tomoni ham bor. Bu — voyaga yetmagan yoshlarning yetarlicha bilimga ega bo‘lmasdan turib, internet orqali yoshlar zehniga salbiy ta’sir qiluvchi o‘yinlarga qaram bo‘lib qolishi. Bu holat hozirgi davrda jamiyat muammosiga aylanib bormoqda.
O‘zbekistonda voyaga yetmagan yoshlar ongini zararli ta’sirlardan himoyalash uchun mobil, kompyuter va video o‘yinlar orasida zo‘ravonlik, axloqsizlik, ekstremizm yoki jamiyat qadriyatlariga mutlaqo zid bo‘lgan mazmundagi o‘yinlar taqiqlangan. Bu o‘yinlar Intellektual mulk agentligi va bolalar psixologlari tavsiyalari asosida zararli deb topilib, to‘xtatilgan.

Mamlakatimizda bir qator video o‘yinlar taqiqlangan. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
• Mortal Kombat X
• Grand Theft Auto
• Postal
• Sarmageddon
• Phantasmagoria
• The Sims
• Silent Hill
• Doom
• The Punisher
• Call of Duti: Black Ops
• Manhunt, Hatred:
Mazkur o‘yinlar mutaxassislar tomonidan quyidagi sabablarga ko‘ra xavfli deb baholanadi:
— zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qilishi,
— diniy yoki milliy qadriyatlarga zid noto‘g‘ri qarashlarni shakllantirishi,
— qimor elementlari yoki noqonuniy faoliyatni targ‘ib qilishi.
Jamiyat xavfsizligi va yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun bunday o‘yinlarni tarqatish yoki sotish taqiqlangan. 2023-yil O‘zbekistonda onlayn qimor o‘yinlari ham qat’iyan taqiqlangan edi.
Virtual o‘yinlarning yoshlar tafakkuri va dunyoqarashiga ta’siri
Virtual o‘yinlar faraziy muhitda g‘oyalarni kengaytiradi va ma’lum darajada tajriba beradi.Ammo ularning ortiqcha ishlatilishi yoshlarningtafakkuri,qadriyatlari va dunyoqarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi tadqiqotlarda ham aniqlangan.O‘yinlardagi zo‘ravonlik sahnalari yosh avlodda tajovuzkorlikni kuchaytirishi,shuningdek,axloqiy me’yorlargabefarqlikni yuzaga keltirishi mumkin.
Bolalar va o‘smirlar ruhiy jihatdansezgir bo‘lgani sababli,ularning ongi tashqi ta’sirlarni oson qabulqiladi. Har doimota-onalar farzandlarining o‘yinlar tanloviga e’tiborli bo‘lishlari,vaqtni me’yorida taqsimlashlari va real hayotdagi muloqotnirag‘batlantirishlari juda muhum vazifa.Shu sababli, O‘zbekistonda hambunday o‘yinlarga nisbatan muayyan cheklov va taqiqlar joriy etilgan.
Buavvalo,yosh avlodni zararli ta’sirlardan himoya qilish va ularning sog‘lom rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan.
Mehribonu To‘lqinova,
O‘zA