Dunyo bo‘ylab tez tayyorlanadigan, gazli va energetik ichimliklar iste’moli kundan-kunga ortib bormoqda. Fast-fud va gazli ichimliklar mazali ta’m va to‘yimlilikka ega bo‘lib, yoshlar va tig‘iz kun tartibiga ega insonlarning ovqat ratsionida sevimliga aylangan. Lekin bu mahsulotlarning sog‘liq uchun zarari ilmiy jihatdan isbotlangan.

Tez tayyorlanadigan ovqatlar ko‘p miqdorda kaloriya, to‘yinmagan yog‘lar, tuz va shakar, shuningdek, kam miqdorda vitaminlar va minerallarni o‘z ichiga oladi. Bular esa semizlik, yurak kasalliklari, yuqori qon bosimi, diabet va ovqat hazm qilish muammolari kabi jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Ba’zi tadqiqotlar fast fud iste’moli miyaning hissiyotlarga javob beruvchi qismiga ta’sir qilib, depressiya alomatlarini keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatadi. Qolaversa, ko‘p miqdorda tuzlangan va qayta ishlangan mahsulotlar buyrak va jigar faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi. 

Gazli ichimliklar doimiy iste’mol qilinganda semizlik, qandli diabet, tish kasalliklari, osteoporoz (suyaklarning zaiflashuvi) kabi sog‘liqqa salbiy ta’sirlar ko‘rsatadi, chunki ular ko‘pincha ko‘p miqdorda shakar saqlaydi. Shakar miqdorining ko‘pligi qondagi qand miqdorini ko‘tarib, qandli diabet rivojlanish xavfini oshiradi. Ba’zi tadqiqotlar gazli ichimliklar suyaklarning zaiflashuviga, ya’ni osteoporoz holatiga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, tish emalining mo‘rtlashishi va yemirilishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. 

Bu kabi mahsulotlarning xaridorgirligiga asosiy sabab, shaharning aholi ko‘p istiqomat qiluvchi qulay lokatsiyalarida fast-fud ovqatlanish maskanlarining tashkil etilgani va narxlar ham milliy va chet el taomlariga nisbatan pastligidir. Bundan tashqari, gazli ichimliklar va tez tayyor bo‘luvchi taomlar tarkibidagi ingrediyentlar kishi uchun juda mazali va qayta-qayta tanlov qilishga undaydi. Bunda insonda o‘rganib qolish hissi paydo bo‘ladi.

Tabiiyki, bir deganda bu masalani hal qilish va tez tayyor bo‘ladigan ovqatlarni iste’moldan chiqarib tashlash, gazli va energetik ichimliklar savdosini cheklash mumkin emas. Lekin har bir inson salomatligini hisobga olgan holda, unga quvvat beruvchi va vitamin-minerallarga boy taomlar iste’mol qilishi hayot sifatini yaxshilaydi. 

Hozirda tarmoqlarda mashhur modellar, blogerlar va diyetologlar “shakarsiz kun”, “Fast-fud iste’molini cheklang!” shiorlari ostida targ‘ibot ishlarini amalga oshirmoqda. Ushbu harakatlar ham ma’lum qadar o‘z samarasini berishi va insonlar orasida sog‘lom ovqatlanish paydo bo‘lishi uchun yodam berishiga ishonamiz. 

Dildora DO‘SMATOVA,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zararli lazzat ortidagi xavf