Samarqand – Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining durdonalaridan biri bo‘lib, uning tarixiy yodgorliklari butun dunyo sayyohlarini o‘ziga jalb etib keladi. Shaharning qariyb uch ming yillik tarixini o‘zida mujassam etgan yodgorliklardan biri, bu Shohi Zindadir. Tarixchilarning aniqlashlaricha, uning shakllanishi eramizning XI asrlaridan boshlangan. Shohi Zinda so‘zining ma’nosi “tirik shoh” bo‘lib, qariyib ming yildan buyon bu nom xalq o‘rtasida yashab kelmoqda. Tarixchilarining yozishlaricha, "tirik shoh" – Muhammad payg‘ambarimizning amakivachchasi Qusam ibn Abbosga berilgan unvondir.

1220 yili ro‘y bergan mo‘g‘ul istilosi Shohi Zinda maqbarasi taqdirida ham ayanchli rol o‘ynadi. Mug‘ullar bu yerdagi ko‘pgina inshootlar va qabrlarni ostin-ustun qilib tashladilar. Ammo, ular ham Qusam ibn Abbos qabriga tegishdan cho‘chidilar. Lekin, qarovsizlik oqibatida bu qabr ham ancha xarobaga aylangan edi. XIV asrning boshlariga kelib samarqandlik din ahllari va rahbarlarning sa’y-harakatlari bilan Qusam ibn Abbosning qabri ustiga qaytadan maqbara qurildi, ziyoratxona va chillaxona ham qayta ta’mirlandi.

Samarqand taxtiga Amir Temur o‘tirgach Shohi Zinda ansamblining hayotida ham katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Sohibqiron bu yerdagi ko‘pgina, xarobaga aylangan inshootlarning o‘rniga yangisini qurdi, ko‘plarini qayta ta’mirladi, Qusam ibn Abbos qabri ustiga hashamatli qabrtosh o‘rnattirdi. Shuningdek, sohibqironning buyrug‘i bilan bu yerda yangi masjid ham barpo qilindi. Shu o‘rinda aytishimiz lozimki,  Shohi Zinda ansambli nafaqat tarixiy-me’morchilik yodgorligi, balki, mashhur allomalar, avliyolar malikalar, lashkarboshilarning abadiy oromgohi hamdir. U yerdagi har bir maqbara o‘ziga xos bezaklar bilan qoplangan bo‘lishiga qaramay ularning barchasi yaxlit bir kompozitsiyani, tugal me’morchilik asarini tashkil etadi.  

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ma’lumotiga ko‘ra, qadimiy merosni asrab-avaylash va keng targ‘ib qilish maqsadida “Shohi Zinda” medialoyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida majmuaning maketi tayyorlanadi, majmuaga virtual sayohatni taqdim etuvchi mediakontent ishlab chiqiladi.

Loyiha davomida Shohi Zinda me’moriy majmuasining tarixi, uning tarkibidagi obidalar, me’moriy bezaklari hamda epigrafik yozuvlar haqida to‘liq ma’lumotlar taqdim etiladi. Zamonaviy texnologiyalar yordamida ushbu betakror yodgorlikni vizual ko‘rinishda jonlantirish rejalashtirilgan bo‘lib, bu nafaqat sayyohlar, balki tarix va san’at ixlosmandlari uchun ham noyob imkoniyat yaratadi.

Ushbu medialoyiha  milliy madaniy merosimizni kelajak avlodlarga yetkazishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Shohi Zinda majmuasini yangi texnologiyalar yordamida o‘rganish va targ‘ib qilish orqali uning tarixiy ahamiyati yanada oshadi hamda O‘zbekistonning boy madaniy merosi keng ommaga taqdim etiladi.

A.RUSTAMOV,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy texnologiyalar yordamida Shohi Zinda majmuasi vizual ko‘rinishda jonlantiriladi