“Yashil” energetika – arzon, xavfsiz va ekologik toza manba

Dunyo bo‘yicha elektr energiyasini ishlab chiqarish uglevodorodlar yoqilg‘ilariga asoslanadi. Lekin bu tabiiy manbalar ayrim davlatlarda yetarli emas. Shu sababli, bunday mamlakatlarda muqobil elektr energiya manbalaridan keng foydalaniladi. 

Gidro, quyosh, shamol va atom elektr stansiyalari “yashil” energetikaning asosiy ishlab chiqarish manbalaridir.

Masalan, atom energetikasi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, mutaxassislar uning arzon, xavfsiz  va ekologik toza manba ekanini qayd etadi. 

Дuнё bo‘yicha o‘ttiz mamlakat atom energiyasi faoliyati orqali ushbu zarur manbani ishlab chiqarayotgan bo‘lsa, yana 28 davlat bu masala ustida faol ish olib bormoqda. Masalan, Bangladesh, Belarus, Turkiya va BAAda birinchi AES qurilmoqda.

Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, dunyo bo‘yicha AESlar ishlab chiqarayotgan elektr energiya 10 foizni tashkil etadi. Olimlarning ta’kidlashicha, yaqin o‘n yillarda atom energiyasi qulay va ekologik jihatdan nisbatan toza bo‘lgan energiya manbai bo‘lishi mumkin.

Yangi avlod yadro texnologiyalari har jihatdan xavfsiz

Ochig‘ini aytganda, AESlar faoliyati bo‘yicha aholi o‘rtasida turli qarashlar bor. Deylik, kimlardir AESlar qurilishiga mutlaqo qarshi bo‘lsa, yana kimlardir bu stansiyalarni odatiy qabul qiladi. Atom olimlarining fikricha, yangi avlod yadro texnologiyalari har jihatdan xavfsizdir.

Masalan, “3+” avlod “VVER-1200” suv – suvli energetik reaktorlari ana shunday yangi avlod texnologiyalaridir. “Rosatom” davlat korporatsiyasi tomonidan yaratilgan “3+” avlod “VVER-1200” suv – suvli energetik reaktorlari shu davrgacha tarixda kuzatilgan barcha avariyalarning sabablari va oqibatlarini inobatga olib loyihalangani tufayli mutlaqo xavfsizdir.

Ushbu sohada yana bir yangilik: 2019 yil dunyo bo‘yicha yagona bo‘lgan suzuvchi atom issiqlik elektr stansiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. U “Rosatom” davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi konsern loyihasidir. Hozirgi paytda korporatsiya suzuvchi atom issiqlik elektr stansiyasining ikkinchi avlodi – optimallashgan suzuvchi energoblok (OFPU) ni yaratish ustida ish olib bormoqda. U oldingisidan kichikroq va kuchliroq bo‘ladi. Uning umumiy quvvati 100 MVt ga teng RITM-200M reaktor tipidagi ikkita reaktor bilan jihozlash ko‘zda tutilmoqda.

Vengriya davlatining mustaqil eksperti Jolt Xarfashning fikricha,  ushbu  “VVER-1200” energiya bloklari yadroviy xavfsizlik va ekologiya nuqtai nazaridan eng xavfsiz bo‘lib, Atom energiyasi xalqaro agentligi tomonidan tan olingan. 

–Bu yangi avlod quvvat bloklari xalqaro xavfsizlik talablariga javob beradi. Yana shuni qo‘shimcha qilmoqchimanki, xuddi shu turdagi energiya bloki Vengriyada ham quriladi. Yevropa Ittifoqi ruxsatini olish uchun ushbu energiya bloki Yevropada ham diqqat bilan o‘rganilgan. Tadqiqotlar energiya bloki ham radiatsiyaviy, ham yadroviy xavfsizlik nuqtai nazaridan Yevropaning eng qat’iy talablariga javob berishini tasdiqladi, dedi u.

Shunday qilib, mazkur korporatsiya xorijda atom elektr stansiyasi qurilish bozorining 75 foizini egallagan. Uning 8 mamlakatda 23 ta energiya bloki tatbiq etilish bosqichida bo‘lsa,  yana 11 blokni qurish bo‘yicha kelishuvlarga erishgan.

Leningrad atom elektr stansiyasi yiliga 30 milliard kilovatt soat elektr energiyasini ishlab chiqaradi

Joriy yilning 7-9 sentyabr kunlari “Rosatom” davlat korporatsiyasi tomonidan Leningrad atom elektr stansiyasiga press-tur uyushtirilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu maqolani yozishda safar taassurotlari va unda mutaxassislardan olingan intervyularga asoslanildi.

Leningrad atom elektrstansiyasiRossiyadagiyirik stansiya bo‘lib, uning quvvat 4300 megavattnitashkiletadi. Stanцияда turli yillarda ishga tushirilgan to‘rtta “RBMK-1000” va “VVER-1200” energiya bloklari o‘rnatilgan.

Stansiyaning yillik ishlab chiqarish quvvati 30 milliard kilovatt soat elektr energiyasini tashkil etadi. Stansiya  Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati elektr energiyasi iste’molining 55 foizdan ortig‘ini ta’minlaydi.

Shu bilan birga, stansiyaning imkoniyatini kengaytirish borasida ham choralar ko‘rilmoqda. 2022 yilning avgust oyida ikkita “VVER- 1200” energiya blokini qurish bo‘yicha tayyorgarlik ishlariga start berildi. Ushbu energiya bloklar 2030 yildan so‘ng ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.

Stansiyaning “VVER- 1200”  energiya bloklarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari Sergey Shumovning ta’kidlashicha, bu yerda har bir jarayon qat’iy tartib va nazorat ostida amalga oshiriladi.

“VVER- 1200”  energiya bloklari amalda avtonomdir, ya’ni uni bitta energiya blokiga ega bo‘lgan yagona zavod yoki bir nechta quvvat blokiga ega zavod sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Hozir 2 ta energiya bloki ishlamoqda. Kelajakda 2030 va 2032 yillarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan 3- va 4-bloklarni qurishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda,–dedi S.Shumov.

Sovutish minoralarining balandligi 167 metrni tashkil etadi

“VVER- 1200”  energiya bloklari faoliyatida Turbina sexi bilan bir qatorda sovutish minoralari juda muhim hisoblanadi. Shu sababli, stansiya hududida ikkita sovutish minorasi mavjud. “Leningrad AES-2”ning qo‘llab-quvvatlash tizimlari bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Aleksey Babenko stansiya faoliyatida aynan shu minoralarning ahamiyati va suvni sovutish jarayonlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

[gallery-8860]

–Sовuтish minorasi balandligi 167 metr, yuqori nuqtasining diametri 89 metr, pastki nuqtasi 128 metr va minora kosasining hajmi 25 ming metr kubni tashkil etadi, – dedi A.Babenko. –Uning ishlash tartibi haqida qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsam, u tayanch ustuni, suv va sovutish minorasi idishidan iborat. Sovutish minorasida sovitilgan suv yopiq  kanal orqali nasos binosiga yo‘naltiriladi. So‘ngra turbinali kondensatorni sovutish jarayoni amalga oshiriladi. Turbinali kondensatordan ortiqcha issiqlikni olib tashlagach, suv quvurlar orqali sovutish minorasiga yo‘naltiriladi. Bu yerda soatiga 150 ming metr kub suv o‘tadi. Bu – energiya bloki ishlayotgan va elektr energiyasi ishlab chiqarayotganda doimiy aylanib yuradigan qayta ishlangan suvdir. U havoga ta’sir qilmaydi. Birinchi va ikkinchi quvvat bloklarining ishlash tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bu suvning Rossiya qonunchiligida belgilangan me’yorlardan ortiq ta’siri yo‘q.

O‘zbek havaskor baliqchilarining kichik yutug‘i

Leningrad atom elektr stansiyasi faoliyati bilan tanishish doirasida baliq ovlash xalqaro turniri tashkil etildi. Unda O‘zbekiston, Hindiston, Janubiy Afrika, Bangladesh, Vengriya, Misr Arab Respublikasi, Qozog‘iston, Turkiya kabi davlatlardan vakillar ishtirok etdi.

Turnirdan maqsad Leningrad atom elektr stansiyasida reaktorlarni sovutish maqsadida aynan shu Fin ko‘rfazidagi suvidan foydalanishi va stansiyaning ekologiyaga zararsiz ekanini ko‘rsatishga qaratilgan.

Fin ko‘rfazida havaskor baliqchilar ikki bosqichda o‘z imkoniyatini sinab ko‘rdi. Natijalarga ko‘ra, hindistonlik ishtirokchilar birinchi, misrliklar ikkinchi va uchinchi rossiyalik va mirslik qo‘shma jamoaga nasib etdi.

O‘zbekistonlik ishtirokchilar esa turnirning “G‘alaba sari iroda” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. Turnir yakunida g‘oliblar va ishtirokchilarga esdalik sovg‘ali topshirildi.

“O‘zGASHKLITI” MCHJning muhandis-geologi Jamshid Qo‘chqorov xalqaro tadbir haqida taassuroti bilan o‘rtoqlashdi.

–Men hamyurtimiz Vladimir Tegay bilan “Rosatom” davlat korporatsiya tomonidan tashkil etilgan ushbu turnirga “O‘zatom” agentligi taklifiga binoan  qatnashdik, – dedi u. – Baliq ovlash men uchun “xobbi”. Aydarko‘l yaqin bo‘lgani uchun tez-tez baliq tutishga boraman. O‘zimni tajribali baliqchi, deb bilmayman. Lekin o‘nta davlat havaskorlari qatnashgan tadbirda nominatsiya g‘olibi bo‘lish yaxshi natijadir. 

Sosnovыy Bor shahri okrugi rahbari Mixail Voronkov bilan uchrashuv

Mixail Voronkov press-tur ishtirokchilari bilan uchrashuv chog‘ida Leningrad viloyatining Sosnovыy Bor shahridagi iqtisodiy-ijtimoiy, shahar infratuzilmasidagi o‘zgarishlar va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Leningrad atom elektr stansiyasi aynan ushbu hududda joylashgan bo‘lib, bugungi kunda shaharda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan,–dedi M.Voronkov. – Sosnovыy Bor Rossiyaning Leningrad viloyatidagi eng yosh shaharlaridan biri. Sosnovыy Bor aholisi qariyb 68 ming nafarni tashkil etadi. Shaharning gullab-yashnashi va obod bo‘lishida Leningrad atom elektr stansiyasining alohida o‘rni bor. Negaki, ushbu yirik inshoot qurilishi bilan qator korxonalar faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan. Ishlab chiqarish bo‘yicha joriy yilning shu davridagi  raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, energetika sohasi 105,5 milliard rubl, qurilish 32 milliard rubl, qayta ishlab chiqarish 5,1 milliard rubl va fan 7,8 milliard rublni tashkil etadi. Shuningdek, ta’lim sohasi uchun 1871,7 million rubl, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 138,4 million rubl ajratilgan. Bundan tashqari, sport, yoshlar siyosati, madaniyat va turizm sohalari moliyalashtirilgan. 

M.Boronkov Leningrad AES va uning aholi uchun xavfsizligini ta’minlash masalasi yuzasidan ham fikr bildirdi.

–Leningrad AESning xavfsiz ishlashini ta’minlash u yerda mehnat qilayotgan har bir mutaxassisning bosh maqsadi. Stansiyada mehnat qilayotgan jamoa ham aynan shu shahrimizda yashovchi aholi vakillaridir. Ular o‘z ishiga sadoqat va katta mas’uliyat bilan qaraydi. Bundan tashqari, ular tomonidan aholi va maktablarda turli tadbirlar o‘tkazilib, turli vaziyatga aholining tayyorgarligi oshirib borilmoqda. Muhimi, har bir fuqaro uchun shahrimiz aziz va qadrlidir. Bu esa bizga har qanday xavfning oldini olishda qo‘l keladi, – dedi u o‘z so‘zi yakunida.

Xotima o‘rnida aytish mumkinki, yashillik burkangan Sosnovыy Bor chindan obod shaharga aylanmoqda. Shu yerlik Anna Arseyenkovaning ta’biri bilan aytganda, bu yerda yashovchilar ish qidirib, biron joyga ketmaydi, aksincha, ularning ishlashi, oilasini boqish uchun barcha imkoniyatlar shu yerning o‘zida yaratilgan.

Eng asosiysi, yangi texnologiyalar shahar aholisining qo‘rquvini ortda qoldirdi. Ular “yashil” energetika, xususan, atom energetikasi ravnaqiga   ishonib yashaydi.

Nasiba ZIYODULLAEVA, O‘zA muxbiri

Toshkent –Sankt-Peterburg –Toshkent

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy texnologiyalar – orzular ro‘yobiga ishonchli yo‘l!