XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston jadidlarning dasturida bir qator vazifalar qo‘yilgan edi. Bular: xalq ta’limida islohotlar olib borish va madaniyat, fan va texnika hayotiy muhim bo‘lgan sohalarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash; tayyorlangan yuqori malakali mutaxassislardan Turkistonning iqtisodiyoti, sanoati va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda foydalanish; xalqning turmush darajasini ko‘tarish va farovonligini oshirish; milliy sarmoyani shakllantirish, mulkdorlar va boy odamlarning ko‘payishiga ko‘mak berish; malakali mahalliy mutaxassislar yordamida jamiyat va davlat hayotida tub islohotlarni amalga oshirish kabilar edi.

Jadid mutafakkirlarimiz dasturidagi vazifalar hozirga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda va Yangi O‘zbekiston sharoitida 2023-yil 11-sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston – 2030» strategiyasida o‘z aksini topganligining guvohi bo‘lamiz. So‘nggi yillar davlatimizda ta’lim tizimi sohasidagi islohotlarning huquqiy asoslariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ta’lim tizimining mukammallik sari dadil qadam tashlayotganligining guvohi bo‘lamiz. Bular «Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi, «Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni kabi hujjatlarda o‘z aksini topib bormoqda.

Shunday muhim hujjatlardan biri, shubhasiz, «Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror hisoblanadi. Ushbu hujjat asosida tashkil qilingan Guliston davlat pedagogika instituti jamoasi ham, hukumatimiz tomonidan qo‘yilgan vazifalarni bajarishga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda.

Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim sohasiga alohida ahamiyat berilmoqda. Oliy ta’lim yo‘nalishlarida ilg‘or xorijiy tajriba asosida yosh avlod orasida ijodkorlarning mehnatiga bo‘lgan hurmat hissini shakllantirishga qaratilgan intellektual mulk fanlari joriy etilib, ular bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda sohada faoliyat olib boruvchi amaliyotchilar ishtirok etishi ta’minlanib kelinmoqda. Chunki ta’limning asosiy natijadorligi intellektual mulkda o‘z ifodasini topadi.

Sir emaski, bugungi kunda innovatsion va raqamli jamiyatning shakllanishi va rivojlanishida inson kapitali, ya’ni malakali kadrlar sifat darajasini baholash masalasi o‘ta dolzarb tus olmoqda. Inson kapitalini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimiga quyidagi ko‘rsatkichlar kiradi:

ta’limning davomiyligi;

ta’lim natijalari (bilim darajasi);

sifatli ta’lim olish davomiyligi;

Ushbu ko‘rsatkichlar asosida inson kapitalidan foydalanish darajasi aniqlanadi. Jahon banki dunyo mamlakatlarining 2020-yil uchun inson kapitali indeksini e’lon qilgan edi. Unda O‘zbekiston ham ilk bor qatnashib, 62 foizlik natija qayd etilgan.

Ko‘rinib turibdiki, inson kapitalining rivojlanishida asosan ta’lim sohasi muhim rol o‘ynar ekan. Yuqoridagi ko‘rsatkichlar, ya’ni ta’limning davomiyligi, ta’lim natijalari (bilim darajasi) va sifatli ta’lim olish davomiyligi bevosita ta’lim sohasi bilan bog‘liqdir.

Sifatli ta’limda, ta’lim tizimi ko‘rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Buning uchun barcha ta’lim tizimiga kiruvchi ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish va faoliyatini takomillashtirish maqsadga muvofiq. Buning uchun amaliyot bilan o‘quv jarayonining bir-biri bilan muvofiqligini ta’minlash zarur.

Zamonaviy yoshlarni bilimli va malakali etib tarbiyalash, ularni jahon talablari darajasiga mos mutaxassislar etib tayyorlash maqsadida ta’lim tizimi nafaqat son, balki sifat jihatidan ham izchil rivojlantirilmoqda. Buni birinchi galda oliy ta’lim sohasidagi islohotlarda ham ko‘rish mumkin. Bunda oliy ta’limga kiruvchilarning qamrovini oshirish, oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida, ularga moliyaviy mustaqillikni berish, professor-o‘qituvchilarni moddiy qo‘llab-quvvatlashning turli usullarini joriy qilish masalalariga qaratilgan tadbirlar joriy qilinmoqda. Samarali ishlagan o‘qituvchi o‘zining oylik maoshiga qo‘shimcha ravishda, belgilangan miqdorda ustama olish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi.

Hozirgi paytda dual ta’lim tizimi muhim yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda. Bu ta’lim tizimiga aslida Germaniyada asos solinib, hozirgi kunda Yevropa Ittifoqining bir qancha davlatlarida joriy etilgan va buning ko‘lami kengayib bormoqda. Guliston davlat pedagogika institutida ham ushbu yo‘nalishda bir qator ishlar olib borilmoqda. Dual ta’lim tizimida, talaba nazariy bilimlarni ta’lim muassasasida, amaliy ko‘nikmalarni oladi. Ya’ni talaba o‘qish davrining bir qismini, «4+2» dasturi asosida amaliyotda o‘tqazadi.

Dual ta’lim tizimi an’anaviy ta’limga nisbatan bir necha afzal jihatlarga ega. Ya’ni, talaba o‘qish davrida amaliy ko‘nikmalar va jamoada muayyan nufuzga ega bo‘ladi. Talaba ishlab chiqarishda o‘zini qanday namoyish eta olganiga qarab, o‘qishni bitirganidan so‘ng xuddi shu tashkilotga uni ishga taklif etishlari mumkin. Shunday bo‘lgan taqdirda, u boshqa ish qidirishga vaqt sarflab o‘tirmaydi, yangi lavozim majburiyatlarini egallashi oson bo‘ladi va yangi jamoaga ko‘nikishi shart bo‘lmaydi; Ish beruvchi tashkilot, o‘z talablariga muvofiq keluvchi malakali mutaxassisga ega bo‘ladi. Natijada tashkilot qisqa muddatda istiqbolli samaraga ega bo‘lishi mumkin bo‘ladi.

Ushbu ta’lim tizimining afzalliklaridan yana biri maktabdan to doktoranturagacha bo‘lgan bosqichni to‘liq qamrab oladi. Bunda ta’lim zanjiri «maktab – kollej – texnikum – oliy o‘quv yurti» tizimi ishlaydi. Muhimi, ta’limning barcha bo‘g‘inida malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Muhim jihat, bu tizimda oliy o‘quv yurti kadrlarni «o‘z istagidan kelib chiqib» tayyorlamaydi, balki amaliyot ehtiyojiga moslashtirilgan holda amalga oshiradi. Endi talaba-o‘quvchilar nafaqat nazariy fanlarni, balki nazariy fanlar bilan birga amaliyotni ham birga qo‘shib olib boradi. Ushbu tizim mutaxassislarning yetukligini ta’minlab, sifatli inson kapitalining shakllanishi uchun asos bo‘ladi.

Bugungi kunda inson kapitalining asosiy shartlaridan biri bo‘lgan ta’limning davomiyligini ta’minlashga ushbu tadbirlar katta turtki bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, kasbiy ta’lim, oliy ta’lim tizimi kabi ta’limning barcha bosqichlarida intellektual salohiyatli, bugungi kun talabiga to‘liq javob beradigan zamonaviy raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun aynan ta’limning davomiyligini ta’minlashni taqozo qiladi. Barcha ta’lim sohasida uzluksizlik ta’minlanib kelinadi. Ammo oliy ta’lim tizimida qamrov hali ancha past. Prezidentimiz saylov oldi dasturida «Kelgusida uzluksiz ta’lim tizimi uchun milliy o‘quv dasturini joriy etish, ta’lim sifatini oshirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida quyidagi masalalar doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ladi» deb ta’kidladi. Endilikda, maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasi kamida 80 foizga yetkaziladi. Shuningdek, 2024-yil yakuniga qadar 6 yoshli bolalar maktabgacha tayyorlov tizimi bilan to‘liq qamrab olinadi. Bularning hammasi ta’lim davomiyligining boshlanishi hisoblanadi. Agar shu bosqichda qamrov qancha katta bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich ham shuncha yuqori bo‘ladi.

Ma’lumki, mamlakatimizda bolalar soni yildan yilga o‘sib bormoqda. Hozirgi kunda mamlakatimiz aholisi sonining 60 foizi yoshlar hisoblanadi. Bunday holatni inobatga olib, kelajakda bir qancha yangi maktablar qurish bilan birga xususiy maktablarni ko‘paytirish ham ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, ta’lim sifatini oshirish ham hisobga olingan. Ushbu vazifalarni tizimli tarzda bajarish uchun Prezidentimizning ma’ruzasida «Maktablarni rivojlantirish davlat dasturi»ni ishlab chiqish vazifasi ham qayd etildi. Shu asosda «kelgusi besh yilda qo‘shimcha 1,2 million o‘quvchi o‘rni yaratish uchun maktablar rekonstruksiya qilinadi va yangidan barpo etiladi».

Shuni alohida qayd etish joizki, «xalqaro tajribada ilmiy salohiyat 70 foizdan kam bo‘lsa, bunday universitet nufuzli hisoblanmaydi. Yurtimizda bu ko‘rsatkich juda past. Ushbu ko‘rsatkichlarni muttasil oshirib borish lozim bo‘lmoqda. Aks holda ta’limning natijadorligiga erishish mushkul bo‘ladi.

Inson kapitalining asosiy shartlaridan biri, bugungi kunda ta’lim natijalari (bilim darajasi) bilan o‘lchanadi. O‘quvchi va talabalarning bilim darajasi bugungi kunda nafaqat nazariy, balki amaliy yo‘nalishlarini ham o‘quv muassasasining o‘zidayoq to‘liq o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim. Ular oliy o‘quv yurti diplomi bilan bevosita ishlashga qodir kadrlar bo‘lishi kerak. Endilikda oldimizga vazifa sifatida, ta’limni kompleks rivojlantirish masalasi qo‘yilmoqda. Bunga erishish uchun yondashuvlar ham kompleks bo‘lishligini taqozo qilmoqda. Bu degani joylardagi rahbarlar, mahalliy Kengash vakillarining ham ta’limga nisbatan e’tibori va mas’uliyatini oshirish masalasi qo‘yiladi. Ushbu idoralar vakillari maktabni tekshirish bilan emas, balki bevosita o‘zlarining hududlaridagi maktablarga ko‘mak berish, ta’lim jarayonini yanada jonlantirish uchun tegishli sharoitlarni yaratishga ko‘maklashish bilan shug‘ullanadi. O‘qitish va uning natijadorligi endi o‘quvchilarni yodlatish tizimidan ularni mantiqiy fikrlaydigan darajaga ko‘tarish masalasi turibdi. Bu ta’limning barcha bosqichlariga joriy qilinmoqda. Pedagoglarning ish uslubi, ularning dars berish texnologiyasi ham shunga mos ravishda o‘zgarishi kerak. Bunga erishish uchun ta’lim tashkilotlarining barcha bosqichlarida o‘quv yuklamalari va darslar sonini qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo qilmoqda. Bugungi har bir o‘tilgan dars ertangi kunda o‘quvchi va talabalar hayoti va faoliyatida asqatadigan bo‘lishi kerak. Buning uchun ta’lim sohasiga yondashuv ham yangicha bo‘lish lozimligini taqozo qiladi. Chunki hozirgi paytda yoshlarni ta’limning barcha bosqichlarida qamrovini kengaytirish borasida ancha ishlar amalga oshirildi. Bularning hammasi masalaning o‘nglanishi bilan bog‘liq birinchi bosqich, ya’ni miqdorini ko‘paytirish bilan bog‘liq jarayonlardir. Biroq ta’lim sifatini oshirish borasidagi sa’y-harakatlarimiz hali yetarli darajada o‘z natijasini berganicha yo‘q. Tegishli muvaffaqiyatlarga erishishimiz uchun miqdor va sifat o‘zgarishi bir-biriga mos bo‘lishligini ta’minlash lozimdir.

Agar biz yuqoridagi holatlarga erishsak, ta’lim bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar tizimini yaxshilashga va mos ravishda o‘quvchi va talabalarning bilim darajasining oshirilishiga erishamiz. Shu tariqa mamlakatimizda inson kapitali bo‘yicha reytingimiz oshadi va xalqaro maydonda ham o‘zimizning munosib o‘rnimizga ega bo‘lamiz.

Sifatli ta’lim olish davomiyligi inson kapitalining asosiy shartlaridan biri sifatida belgilangan. Kelajakda oliy ta’limga qamrov darajasini 50 foizdan oshirish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, asosiy e’tibor ta’lim sifatini ta’limning barcha bosqichlarida oshirib borishga ham katta e’tibor qaratilmoqda. 2026-yilga qadar kamida 10 ta oliy o‘quv yurtlarimiz nufuzli xalqaro reytinglarga erishishi uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rmoqdalar. Barcha ta’lim tizimida, xususan oliy ta’limda ham sifat va raqobat muhitini kuchaytirmasdan turib, yuqori darajadagi ta’lim sifatiga erishish qiyin. Buning uchun davlat oliy o‘quv yurtlari bilan birga xususiy, davlat sherikchiligidagi oliy o‘quv yurtlarini ham ko‘paytirishni taqozo qiladi. Bunga erishish maqsadida 2026-yilgacha xususiy oliygohlar soni kamida 50 taga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.

Yuqoridagi holat mamlakatimiz ta’lim tashkilotlari o‘rtasida kuchli raqobatni yuzaga keltiradi. Bunday muhit albatta ta’lim sifatining yanada oshirilishini ta’minlaydigan muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ta’lim jarayonini tubdan o‘zgartirish uchun uni amalga oshiradigan pedagoglar ham tayyor bo‘lishi kerak. Shu tufayli masalani ilg‘or pedagoglarni tayyorlash bilan shug‘ullanishdan boshlash lozim bo‘ladi. Bu albatta kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bizdagi mavjud ta’lim tizimidagi yana bir nuqson, talaba va o‘quvchilarni diplom olishga qaratilgan o‘qitish bilan shug‘ullanib qolganligida deb baholash mumkin. Shuningdek, yosh mutaxassislarni qaysidir tashkilot yoki davlat idoralarida yollanib ishlashga qaratilganligi bilan izohlash mumkin. Ular u yoki bu sohada mutaxassis bo‘lib shakllanadi. Lekin oliy ma’lumotli mutaxassislar o‘zlarini o‘zlari ish bilan ta’minlab, yangi ish o‘rinlarini ochib, yangidan ish boshlashga qaratilgan mustaqil faoliyat bilan shug‘ullanishga o‘rgatilmaydi. Shu tufayli diplomli mutaxassislarimiz ish joyining bo‘shashini yoki kimningdir yangi ish o‘rinlariniochishini kutib yashamoqda. Bu jarayon cho‘zilib ketgan hududlarda oliy ma’lumotli mutaxassisilar xorijga oddiy yollanib ishlashga ketib qolayotganligi ham sir emas. Bularga barham berish uchun mamlakatimizda ko‘plab xayrli ishlar boshlandi. Maktablarda o‘quvchilarini ham kasbga qiziqishlarini aniqlash va ularning har birini bosqichma-bosqich o‘zi qiziqqan kasbga yo‘naltirish tadbirlari joriy qilinmoqda. Endi ta’limning sifatiga shu hududda joylashgan korxonalar va tashkilotlar ham mas’ul. Ular talaba va o‘quvchilarning bevosita tashkilot yoki korxonada amaliyot o‘tishiga ko‘maklashadi. Maktablar va boshqa ta’lim tashkilotlari bilan uzviy aloqada faoliyat ko‘rsatishga sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va boshqa soha subyektlari majbur bo‘lmoqda. Shuningdek, ta’lim tashkilotlari joylashga hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan ijodkorlar, shoir va yozuvchilarni ham maktablarga va boshqa ta’lim muassasalariga biriktirilib, maktabni haqiqiy ma’naviyat va ma’rifat maskaniga aylantirish masalasi ham asta-sekinlik bilan joriy qilinmoqda.

Har bir ta’lim tashkilotida, ta’lim sifatini ko‘rsatkichlar bilan baholash tizimini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Shu yo‘l bilan har bir ta’lim muassasasining va unda faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog kadrlarning reytingi aniqlanadi. Shu tariqa ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha reytingdagi o‘rnimizning jahon miqyosida yaxshilanib borishi tabiiy. Ushbu reytingning yana bir ijobiy jihati shundaki, endi pedagoglarning toifalarini aniqlashda aniq manzilli ko‘rsatkichlar tizimi shakllanadi. Bu o‘z navbatida har bir o‘qituvchining toifasini oshirish uchun nimalarga e’tiborni qaratishi aniq bo‘ladi.

Shubhasiz, sifatli ta’lim shartlaridan biri, bevosita inson resursiga sarmoyalarni ko‘paytirish hisoblanadi. So‘nggi yillarda oliy ta’lim olish imkoniyati keskin o‘sdi, shu bilan birga, malaka oshirish va kasbiy-texnik ta’limga davlat investitsiyalari sezilarli oshirildi. Bu ishlarni kelgusida ham kengaytirib borish, bunda harakatlantiruvchi kuchi xususiy sektor bo‘lgan yangi iqtisodiyot ehtiyojlariga ta’lim tizimini moslashtirish zarur. Ta’lim xizmatlariga investitsiyalarning oshirilishi, shuningdek, gender tengligi va yoshlar o‘rtasida ishsizlik darajasining oshishiga olib keluvchi cheklovchi siyosatdan voz kechish inson kapitaliga yanada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xulosa qilib aytganda, sifatli ta’lim, inson kapitalini baholash va rivojlantirish masalalari bo‘yicha hali mamlakatimizda oldimizda turgan vazifalar talaygina. Ularning yechimlari ustida qizg‘in ishlar olib borilmoqda. Biroq bu tadbirlar qisqa davrda amalga oshmaydi. Bunga ancha vaqt va mablag‘ kerak. Bugungi kunda mablag‘lar yetarli darajada sarflanmoqda. Biroq uning samarasiga qisqa muddatda erishish imkoniyati yo‘q. Yuqoridagilardan kelib chiqib, oldimizda turgan bir qancha muammolarni hal qilish tavsiya etiladi.

Bular, ta’limning davomiyligi, ta’lim natijalari (bilim darajasi), sifatli ta’lim olish davomiyligi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha hali ancha muammolar mavjud. Buni hal qilish uchun o‘quv tashkilotlari moddiy-texnika bazasini zamonaviy talablarga javob beradigan darajaga yetkazish, pedagog kadrlarni bugungi talab darajasiga moslashtirgan holda tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalarini yo‘lga qo‘yish va bolalarimizni diplom uchun emas, haqiqiy bilim olishi uchun o‘qishini ta’minlash choralarini ko‘rish lozim bo‘ladi.

Mamlakatimizda malakali kadrlarni tayyorlash va raqobatbardoshligini ta’minlash uchun dual-ta’lim tamoyilini joriy qilish maqsadga muvofiq. Chunki, ushbu ta’lim tizimining afzalliklari maktabdan to doktoranturagacha bo‘lgan bosqichni to‘liq qamrab oladi va ta’lim zanjiri «maktab – kollej – texnikum – oliy o‘quv yurti» tizimi shakllanadi. Muhimi amaliyotning talabidan kelib chiqib, ta’limning barcha bo‘g‘inida malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Muhim jihati, bu tizimda amaliyot ehtiyojga moslashtirilgan holda amalga oshiriladi. Endi talaba-o‘quvchilar nafaqat nazariy fanlarni, balki nazariy fanlar bilan birga amaliyotni ham birga qo‘shib chuqur o‘rganib boradi. Ushbu tizim mutaxassislarning yetukligini ta’minlab, sifatli, yuqori malakali mutaxassislar qatlamining shakllanishi uchun asos bo‘ladi. Mamlakatimizda kadrlar soni va sifati yaxshilanib boradi. Ushbu jarayonning bardavomligi ta’minlansa, mamlakatimiz iqtisodiy – ijtimoiy hayotida sifat o‘zgarishlari ro‘y beradi. «Yangi O‘zbekiston» va uchinchi renessans talablariga mos holdagi yoshlar tarbiyalanadi. Bu o‘z navbatida mamlakatimizning jahon integratsiyasidagi raqobatbardoshligini to‘liq ta’minlab boradi.

Jahongir Karshibayev,

Guliston davlat pedagogika instituti rektori.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy ta’limning zamonaviy talablari