Yurtimizda ayollar va qizlarga e’tibor, yaratilayotgan sharoitlar kundan-kunga kengayib borayotgani sir emas. Toshkent shahar hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tashkil qilingan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida yo‘lga qo‘yilgan 1000 nafar ayol va qizlar uchun bepul SMM kurslari bunga yaqqol misol.

– Menga dastlab poytaxt hokimligidan qo‘ng‘iroq qilib, bepul SMM kursi haqida xabar berishdi, – deydi 22 yoshli kurs tinglovchi Diyora Yo‘ldosheva. – Avvaliga oilam ruxsat bermasa-chi, deb o‘ylagan edim. Ammo ular meni qo‘llab-quvvatlashdi. Bu esa meni yanada ruhlantirdi. Mentorlarimizning bergan nazariy va amaliy bilimlariga tayanib, Instagram ijtimoiy tarmog‘ida o‘z futblogimni yo‘lga qo‘ydim. Uyda turli pishiriqlar tayyorlab, ularni buyurtmachilarga yetkazib beraman. Qisqa fursatda natijaga erishayotganimdan mamnunman.

Yana bir kurs tinglovchisi Aziza Abdulazizova 18 yoshda. Oliygohda sirtqi ta’limda o‘qishi sababli bo‘sh vaqtlari ko‘p bo‘ladi. Azizaning aytishicha, SMM kursiga yozilishida unga dadasi turtki bo‘lgan. Ayni paytda u mentorlardan marketing sir-asrori, mijozlar bilan ishlash, tarmoqlar yuritish kabi yo‘nalishlarni puxta egallamoqda.

– Zamonaviy kasblarga qiziqqan, ammo imkoniyati, sharoiti bo‘lmagan ayollar uchun mazkur bepul SMM kurslari tashkil qilingani ayni muddao bo‘ldi, – deydi mentor Nozima Muxtorova. – Guruhlarda oilali ayollar ham bor. Kursga bo‘lgan qiziqishlari tufayli ba’zan yosh bolalari bilan kelib bo‘lsa ham, ishtirok etishmoqda. Jamiyatimizda farzandi bilan o‘z ustida ishlayotgan ayollar boshqalarni ham ruhlantiradi. Biz ham o‘z navbatida har bir darsni qiziqarli, sodda va tushunarli tarzda olib borishga harakat qilmoqdamiz.

Ta’kidlash kerakki, SMM sohasini puxta o‘zlashtirgan qizlar o‘zlari istagandek, ish grafigiga ega bo‘ladi. Xoh ish joyida, xoh uyda, xoh ta’lim muassasasida bo‘lishdan qat’i nazar, qo‘shimcha daromad topishlari uchun qulay soha hisoblanadi. Bunday kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan qizlar zamonaviy kasb egasi bo‘libgina qolmay, jamiyat rivoji uchun ham o‘z hissalarini qo‘shishadi.

A.RUSTAMOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy kasb egasi bo‘lib, uydan chiqmasdan jamiyatga hissa qo‘shayotganlar...