So‘ngi yillarda respublikamizning barcha sohalarida axborot texnologiyalari jadal suratlarda rivojlanib bormoqda.

O‘z navbatida kadastr tizimida ham bu rivojlanish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar, albatta, fuqarolar uchun davlat organlarining ochiqlik siyosatini amalga oshirishda o‘z ahamiyatiga ega bo‘lib, bunda foydalanuvchilar uchun ma’lumotlarni taqdim etish, ulardan foydalanishda geoportallar muhim o‘rin tutadi. 

Geoportallar bu fazoviy ma’lumotlar bilan ishlash uchun dasturiy va texnologik yordam bo‘lib, uning asosiy vazifasi foydalanuvchiga fazoviy ma’lumotlarni saqlash va tizimlashtirish, nashr etish va yuklab olish, metama’lumotlar bo‘yicha qidiruv tizimi, interaktiv veb-vizuallashtirish, veb-xizmatlar asosida geoma’lumotlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish uchun vositalar va xizmatlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi. 

Kadastr agentligi tizimida ham bir necha portallar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning xususiyatlari hamda ma’lumotlar tarkibiga qarab alohida shakllantirilgan. Misol sifatida map.geoportal.uz geoportalida respublikada mavjud ko‘chmas mulklar ularning yer uchastkasi chegaralari, kadastr raqamlari, manzili kabi atribut ma’lumotlardan tashkil topgan. 

Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini raqamlashtirish ishlarini vizual ko‘rsatib borish, amalga oshirilayotgan ishlarni onlayn tarzda kuzatib borish maqsadida gis.kadastr.uz geoportali test rejimida ishlab chiqilgan. 

Ushbu geoportalda qishloq xo‘jaligi yerdan foydalanuvchilar, yer maydonlari, manzili, yer uchastkasining kadastr raqami va boshqa bir necha ma’lumotlardan tashkil topgan. 

2021 yilda qabul qilingan Fazoviy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi Respublikamizda fazoviy ma’lumotlar bilan bog‘liq munosabatlarni yanada dolzarbligini aks ettirdi. Ushbu qonunning 16-moddasida Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasining geoportallar tarmog‘ini yaratish maqsad qilingan. Bunda maxsus vakolatli organ ya’ni Kadastr agentligi tomonidan Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasi tarkibida Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasining geoportallari tarmog‘ini yaratish va fazoviy ma’lumotlarning servislari bilan faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash vazifalari mavjud. 

Ushbu vazifalarni bajarishda ya’ni, zamonaviy geoportallar tarmog‘ini yaratishda agentlik tomonidan bir nechta tadbirlarni amalga oshirish lozim. Dasturiy texnik vositalarni yangilash, sohaga IT texnologiyalarni yanada keng jalb etish, geoaxborot hamda yerni masofadan zondlash kabi yo‘nalishlarda xodimlar malakasini oshirib borish orqali fazoviy ma’lumotlar yo‘nalishida yangi davrni yaratish, nafaqat kadastr yo‘nalishida balki, boshqa tarmoqlarda ham geoportallarni shakllantirish va yuritib borish kabi vazifalar amalga oshirilib boriladi. 

Sherzodbek Zokirov, 
Kadastr agentligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy kadastrning zamonaviy geoportali