Kadastr — muayyan ob’ektlar to‘g‘risida tartiblashtirilgan aniq va zaruriy ma’lumotlar majmui ro‘yxati, reyestri. Dastlab kadastr soliq solinadigan ob’ektlarning ro‘yxati, ya’ni reyestriga nisbatan qo‘llanilgan. Hozir ham tizimda shunday ro‘yxat yuritiladi, ammo avvalgisidan farqli tarzda, undan soliq solinadigan emas, balki xususiy mol-mulk, yer maydonlari va jismoniy hamda yuridik shaxslarga qonunan tegishli bo‘lgan har qanday turdagi ob’ekt haqidagi ma’lumotlar joy oladi. Kadastr sohasi esa egalik huquqini qonuniylashtirish, ro‘yxatga olish va hujjatlarni shakllantirish kabi jarayonlarning barini muvofiqlashtiradi.

Yaqin yillargacha kadastr tizimi isloh qilishga muhtoj sohalardan biri edi. Odamlar uchun uy-joy, yer olish bir masala bo‘lsa, uni hujjatlashtirish ishlari “boshog‘riq” bo‘lganini yaxshi eslaymiz. Yugur-yugur, qog‘ozbozliklarning eng avj nuqtasi ham shu tizimda bo‘lardi. Hozir bu soha deyarli to‘liq raqamlashtirildi. Barcha xizmatlar Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali shaffof, tezkor tarzda ko‘rsatilyapti. Asosiysi, tizimda qog‘ozbozlikka chek qo‘yilib, odamlarning vaqti va naqdi kushandasi bo‘lgan behuda ovoragarchiliklar bir necha barobarga kamaydi.  

Tizimni isloh qilish ishlari ayni sohada qog‘ozbozlik avj olayotgan, odamlar sarsonlikdan poyabzali yirtilar darajaga yetgan, kadastr, desa ko‘pchilik bir necha kilometr uzoqroqdan yuradigan vaqtga to‘g‘ri keldi. Ya’ni, o‘sha 6-7 yil oldin boshlangan yangilanishlarga, allaqachon, ehtiyoj paydo bo‘lgandi. Bunday vaqtda fursatni boy bermaslik uchun jadal harakatlar boshlandi va bugunga qadar kadastr sohasini tubdan takomillashtirishga qaratilgan 36 ta me’yoriy hujjat — qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Dastlabki, 2017-2019 yillar davomida sohada xalqaro tajribani o‘rganishga bag‘ishlangan faol davr kechgan bo‘lsa, keyin ana shu o‘rganilgan tajriba va ko‘nikmalar asta-sekinlik bilan qonun va qonunosti hujjatlarni qabul qilish yo‘li bilan hayotga tatbiq etila boshladi. Ular asosida odamlar istagan tezkor, shaffof, raqamli xizmat ko‘rsatish tizimi shakllanib boryapti. Natijada, tizimda murojaatlar soni ham ortib, ularga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari bir necha barobarga kengaydi.  

Yangi namunadagi kadastr pasporti  

Chindan ham elektron karta ko‘rinishidagi kadastr pasportini yurtimiz sharoitida yangilik deyishimiz mumkin. Nafaqat yurtimiz, balki Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib O‘zbekistonda yangi namunadagi kadastr pasporti joriy etildi. Ko‘plab qulayliklarga ega smart karta 2020 yil 1 mart sanasidan boshlab tatbiq etilmoqda.  

Kadastr pasporti huquq egasiga beriladigan hamda ko‘chmas mulk ob’ekti va ob’ektning kadastr raqami haqida umumiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan plastik yoki qog‘oz shaklidagi elektron hujjat bo‘lib, u ko‘chmas mulk ob’ektining davlat tomonidan hisobga olinganligini tasdiqlovchi asos. Gap shundaki, ko‘chmas mulk ob’ektini xatlovdan o‘tkazishda unga kadastr yig‘ma jildi shakllantiriladi va ko‘chmas mulk egasiga kadastr pasporti taqdim etiladi.  

Ko‘pchilik kadastr pasportining odatdagi qog‘oz shaklidagi hujjat bilan farqlariga qiziqib, ularning narxi borasida katta tafovut bor, deb hisoblaydi. Ammo kadastr pasportining narxi qog‘oz ko‘rinishidagi kadastr hujjati uchun to‘lovlar narxi bilan teng bo‘lib, ularning qay biridan foydalanish mulk egasining ixtiyorida. Foydalanishdagi farqlariga kelsak, kadastr pasporti, avvalo, elektron karta ekani bilan afzallikka ega. Bu degani, kartada kadastr sohasidagi elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yuqoriroq. Qolaversa, ichki qismiga NFS-smart chip o‘rnatilgan mazkur karta eski uslubdagi kadastr hujjatidagi barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olish bilan birga, interaktiv davlat xizmatlarining yagona portaliga ulanish imkoniyatiga ega. Kartaning tashqi qismiga esa egasining shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotlar hamda QR-kod joylashtirilgan.  

Hozirgi vaqtda odamlarning zamonaviy, elektron qurilmalardan foydalanishga bo‘lgan talabi yuqoriroq. Chunki ular o‘zida bir qancha tezkor xizmatlarni jamlab, vaqtni ancha tejaydi. Kadastr pasporti ham shunday. O‘tgan yilning o‘zida kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jami 42 mingdan ortiq ariza kelib tushgan, ularning qariyb 30 ming tasi ijobiy hal etilgan.  

Yer uchastkasi ham xususiy mulkka aylanmoqda  

Kadastr sohasida bitta oltin qoida bor — har narsaning, ya’ni yer maydonlaridan tortib, xususiy ob’ektlargacha barining aniq hisob-kitobi, ro‘yxati bo‘lishi kerak. Aslini olganda, aholining talabi ham shunday. Aniq ma’lumotlarga asoslangan elektron ro‘yxat odamlarni ortiqcha sarson qilmaydi, boshqa tarmoqlardagi ma’lumot almashinuvlarida ham qo‘l keladi.  

Shu bois, sohaga raqamli iqtisodiyotni faol joriy etishning dastlabki davrlaridayoq mamlakatimizdagi har qarich yer maydoni, davlat va xususiy mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari boshlab yuborildi. bugungi kunda yer maydonlari eng zamonaviy texnologiyalar yordamida xatlovdan o‘tkazilib, Milliy Geoaxborot tizimi (UzCAD)da hisobga olish, dastur orqali ro‘yxatdan o‘tkazish hamda elektron reyestrini yuritish ishlari tizimli olib borilyapti.  

Viloyatimiz jami yer maydoni 4,1 ming gektarni tashkil etadi. Ulardan foydalanish maqsadi va tartibiga ko‘ra bir qancha toifa — qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga hamda tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar, aholi punktlarining yerlari, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarga bo‘linadi. Hozirgi kunda ushbu toifalar bo‘yicha yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning yer maydonlari, chizmasi va yer chegarasi elektron axborot tizimiga kiritilib, hisobga olingan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib kelinmoqda.  

Viloyatdagi yer maydonlarining eng katta qismi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar hissasiga to‘g‘ri keladi va ularning umumiy maydoni 2,785 ming gektardan iborat. Shuning uchun ro‘yxatdan o‘tkazishning dastlabki bosqichi qishloq xo‘jalik yerlaridan boshlandi. Qishloq xo‘jaligi yerlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish nafaqat ma’lumotlar bazasini shakllantirish, balki anglashilmovchilik tufayli yerdan foydalanuvchilarning ortiqcha soliq to‘lashlari yoki yerdan noqonuniy foydalanish kabi holatlarning ham oldini oladi. Kadastr tizimida raqamlashtirish ko‘lamini oshirish ham yuqoridagi jarayonlarning bir qismi bo‘lib sohada kutilayotgan katta o‘zgarishlar, yangilanishlar hali oldinda.  

Ya. Habibov,  

Kadastr agentligi Buxoro viloyati  

boshqarmasi boshlig‘i  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy kadastr tizimi islohotlar natijasi