Buxoroda “Hunarmandchilik va tikuvchilik markazi” o‘z faoliyatini boshladi. Unda milliy libos va buyumlar, nodir kashtachilik va gulli va chokli liboslar tikib tayyorlanadi.

Hunarmandchilik markazida yuzdan ortiq turdagi kashtado‘z, milliy ko‘rinish va bejirim uslubdagi liboslar, hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda bu maskan 140 chevar o‘rniga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda saralangan ishchilar soni 35 nafarga yetgan. Bunda oyiga 2 ming donagacha gulli va chokli liboslar tikib tayyorlash imkoniyati mavjud.

– Markazimiz O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi homiyligida, “Asakabank” viloyat filiali bilan hamkorlikda tashkil qilingan, – deydi hunarmandchilik va tikuvchilik markazi rahbari Azizbek Ro‘ziyev. – Umumiy qiymati 1 million AQSH dollariga teng Xitoy texnologiyasi bilan jihozlangan. Bunda paxtali, ipak matolardan kashtado‘z, gulli va chokli namunalarda milliy ko‘rinish va bichimdagi liboslar tikib tayyorlanmoqda. Mahsulotimizga ichki bozorda xaridor yetarli. Tajribamiz va mahsuldorlikni oshirib borib, bejirim liboslarimizni Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari bozoriga chiqarishni ko‘zlaganmiz. Bu yerdagi do‘konda matoga gul chizish, bog‘lash, davra, qad tayyorlash jarayonlari ko‘rgazmali tarzda namoyish etiladi. Qolaversa, milliy uslubda bunyod etilayotgan mazkur markaz turizm rivoji uchun xizmat qiladi. 

Viloyat hokimi Botir Zaripov mazkur hunarmandchilik va tikuvchilik markazida bo‘ldi. Ish ko‘lami, xomashyo ta’minoti, mahsulot tayyorlash va sotish, chevarlar jamoasi erishayotgan moddiy manfaatdorliklar bilan qiziqdi.

Endilikda Buxoro shahridagi hunarmandchilik va tikuvchilik korxonasi respublikamizdagi xorijiy konsulliklar, elchixonalarda milliy namunada tayyorlangan liboslar burchagini tashkil etib, yurtdoshlarimizni xalq amaliy san’ati namunalaridan bahramand etish niyatida.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy hunarmandchilik va tikuvchilik markazi ochildi