Navoiy ijodi makon va zamon, chegarayu sarhad bilmas, bitmas-tuganmas xazina ekanini olimlar, tadqiqotchilar doim e’tirof etadilar. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkazilgan "Navoiy ijodi: makon va zamon o‘rtasida" mavzusidagi adabiy kechada shu haqda so‘z bordi.

O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi, "Svitanak” belarus madaniyat markazi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu adabiy anjumanda shoirlar va yozuvchilar, ma’naviyat targ‘ibotchilari va madaniyat xodimlari ishtirok etdi.  

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva shu kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab shoir bobomiz tavalludining 584 yilligi juda baland ruhda nishonlanayotganini alohida ta’kidladi.  

–  Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning 584 yilligini keng nishonlash munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasida hazrat Alisher Navoiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjumanlar, davra suhbatlari, adabiy uchrashuvlar va she’riyat kechalari yoshlarga Navoiy fenomenini yanada teranroq ochib berish, uning davlat arbobi, maorif homiysi sifatidagi faoliyatini, adabiy merosini keng tushuntirish imkonini bermoqda, - dedi Umida Teshaboyeva.

Kutubxona rahbari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondlarida  mutafakkirning mukammal asarlar to‘plami  saqlanayotganini va uning raqamlashtirilgan shakli keng foydalanishga taqdim etilganini aytdi.  

Anjumanda so‘zga chiqqanlar Navoiy ijodining hozirgi kunda ham dolzarbligini e’tirof etdilar. Xususan, ular Alisher Navoiyning o‘zbek adabiy tiliga asos solgani, xalqqa ma’rifat tarqatgani, yosh ijod ahliga, adabiyot, san’at, hunar vakillariga, ilmi toliblarga homiylik qilgani, bunyodkorlik ishlari bugun ham barcha uchun ibratdir.  

Shu bilan birga, Alisher Navoiyning yuksak ma’naviy va ruhiy asarlari, she’riyati barcha zamonlarda xalq tomonidan sevib mutolaa qilingani, shoir va mutafakkir bobokalonimiz umr mazmunini xalqqa naf yetkazishda deb bilgani tarixiy manbalardan yaxshi ma’lum.  

Tadbirda poytaxtimizdagi  210 - umumta’lim maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan adabiy va badiiy dastur namoyish etildi.  

Nazokat Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamon, makon, chegara bilmas xazina