Zambiyada fil hamlasi oqibatida ikki turist halok bo‘ldi, deb yozdi “Assoshieyted Press” mamlakat Sharqiy muzofoti politsiyasi rahbari Robertson Mvimbaga tayanib.

— Ikki keksa sayyoh milliy bog‘ bo‘ylab sayr chog‘i ona fil xurujiga duch keldi, — deyilgan agentlik xabarida.

Mulozim qurbonlar ayol kishilar — 68 yoshli britaniyalik va 67 yoshli Yangi Zelandiya fuqarosi ekanini tasdiqladi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, fil bolalarini qizg‘anib, sayyohlarga tashlangan. Jabrdiydalarning ikkalasi ham voqea joyida jon bergan. Qayd etilishicha, bolasi yonida bo‘lsa, bu jonivor har qanday holatda o‘ta tajovuzkor bo‘lishi mumkin.

Gidlar o‘q uzib, filni to‘xtatmoqchi bo‘lgan, biroq fojianing oldini ololmagan. Ona fil jarohatlangan.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zambiyada fil sayyohlarga hujum qildi