Zambiya AQSH taklifini rad etdi
Zambiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mulambo Xaymbe mamlakat AQSH bilan muzokarada asosiy tamoyildan chekinmasligini bildirdi. Ya’ni, tibbiyot sohasidagi moliyaviy yordamni strategik minerallarga kirish imkoniyati bilan bog‘lash taklifi qabul qilinmaydi.
Afrika davlati yetakchisi ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar tomonidan besh yil mobaynida sog‘liqni saqlash tizimiga 2 milliard dollargacha mablag‘ ajratilishi nazarda tutilgan kelishuvi taklif etilgan. Binobarin, loyihada belgilangan ma’lumot almashish sharti fuqarolar shaxsiy hayoti daxlsizligiga zid kelishi mumkin. Shu bilan birga tanqid qilinayotgan ikkinchi hujjat – strategik minerallar bo‘yicha kelishuvda amerikalik kompaniyalar uchun imtiyozlar ko‘zda tutilgani qayd etildi.
Rasmiy Lusaka bu ikki bitim bir-biriga bog‘lanishini xohlamayapti. Hukumat yondashuviga ko‘ra, har bir hujjat alohida, milliy manfaat asosida ko‘rib chiqilishi kerak. Hozircha Davlat departamenti mavzu bo‘yicha izoh berishdan tiyilib turibdi.
Xullas, masala tomonlar o‘rtasida bahs keltirib chiqargan. AQSHning Zambiyadagi elchisi Maykl Gonsales mamlakatni muzokaraga yetarli darajada jalb etilmaganlikda ayblagan. Zambiya esa bu iddaoni inkor etib, muzokara davom etayotganini ta’kidladi.
Musulmon Ziyo, O‘zA