Vatanimiz tarixidagi 1 may sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1542 yil (bundan 483 yil oldin) – movarounnahrlik alloma, yirik diniy arbob, naqshbandiylik rahnamosi Maxdumi A’zam 78 yoshida vafot etdi. U Samarqand yaqinidagi Dahbed qishlog‘ida dafn qilingan. Bu yerda keyinchaliq Maxdumi A’zam majmuasi barpo etilgan. Samarqand hokimi Yalangto‘shbiy Bahodir 1610 yilda bu yerda xonaqoh va daxma qurdirgan. 1998 yilda Maxdumi A’zam majmuasi qayta tiklanib, atrofi obodonlashtirildi.

Erkin Zoirovning “Maxdumi A’zam”risolasida qayd etilishicha, alloma naqshbandiya tariqatining nazariy-axloqiy masalalari, ijtimoiy hayotning dolzarb muammodaridan bahs yurituvchi o‘ttizdai ortiq risola yozgan. Zahiriddin Muhammad Bobur Maxdumi A’zamga bag‘ishlab ruboiylar bitadi. Maxdumi A’zam ham shoir haqidagi “Boburiya” risolasini yozib, Hindistonga jo‘natgan. Shayboniy sultonlari va hokimlari Maxdumi A’zamni o‘zlarining piri deb bilganlar.

Mutasavvufning bizga qoldirgan boy ilmiy merosi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ko‘lyozmalar fondida saqlanmoqda. Bu qo‘lyozmalarning ayrim nusxalari Maxdumi A’zam avlodlari bo‘lmish A’zamxon Kattaxon Eshon o‘g‘li Dahbediy, Komilxon Salohiddin o‘g‘li Kattaxo‘ja Eshon nabiralarining shaxsiy kutubxonasida mavjud.

1868 yil (bundan 157 yil oldin) – Samarqand yonidagi Cho‘ponota tepaliklarida buxorolik askarlar va xalq ko‘ngillilari hamda rus qo‘shinlari o‘rtasida jang boshlandi. Ruslar tomonidan bu jangga Kaufman nazorati ostida general Golovachev asosiy harakatlarni olib bordi. Garchi elchi Najmiddin xoja urushga kirishmaslikni so‘rab, sulh matnini general-gubernatorga taqdim etsa-da, Kaufman Cho‘ponotadagi himoyachilarni orqaga qaytishini talab qilib, shu bahonada urushni boshlab yuboradi. Jang keskin bo‘ladi, ammo dushman g‘alabasi bilan tugaydi. 

1896 yil (bundan 129 yil oldin) – ashulachi, opera xonandasi (bariton), aktyor, o‘zbek musiqali teatri asoschilaridan biri, Turkiston Respublikasining birinchi xalq hofizi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq artisti Muhitdin Qoriyoqubov tavallud topdi (vafoti 1957 yil). U Tamaraxonim bilan “Sharq kechalari” (Moskva), Jahon amaliy san’at ko‘rgazmasi (1925 yil, Parij), shuningdek Berlin konsert sahnalarida o‘zbek qo‘shiq, yalla va laparlarini yangicha talqin etib, zamonaviy o‘zbek san’atini ilk bor Yevropada targ‘ib etgan.

Muhitdin Qoriyoqubov Konsert-etnografik truppasi zaminida O‘zbek davlat musiqali teatrini tashkil qilgan, uning aktyori, direktori va badiiy rahbari bo‘lgan. O‘zbek opera san’atining shakllanishi va rivoj topishida ham uning xizmatlari salmoqli. Uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan film ishlangan. Vafotidan so‘ng, 2000 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

1908 yil (bundan 117 yil oldin) – tarixchi-arxeolog olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Yahyo G‘ulomov tavallud topdi (vafoti 1977 yil). U Xorazm tarixi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Vafotidan so‘ng, 2002 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan. Toshkentdagi ko‘chalardan biri hamda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya institutiga Yahyo G‘ulomov nomi berilgan. 

1915 yil (bundan 110 yil oldin) – “Sadoyi Farg‘ona” gazetasining shu kungi sonida o‘zbek ma’rifatparvari, jurnalist Ashurali Zohiriyning “Turkistonda birinchi yurist” nomli maqolasi chiqdi. Maqolada Toshkentdan Qo‘qonga kelgan Toshpo‘latbek afandi Norbo‘tabekov haqida gap boradi. O‘zbeklardan birinchilardan bo‘lib dunyoviy fanlar bo‘yicha zamonaviy oliy ma’lumotga ega bo‘lgan bu ziyolining hayoti va faoliyati o‘zgalarga namuna sifatida yoritilgan.

1926 yil (bundan 99 yil oldin) – O‘zbekistonda qurilgan birinchi gidroelektrstansiya – Bo‘zsuv GESi ishga tushirildi. Uning qurilishi Toshkentning Bo‘zsuv kanalida 1923 yilda boshlangan edi. 1930-yillarda uning quvvati O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan barcha GESlardan yuqori bo‘lgan va Toshkent sanoat korxonalari, shahar transporti va aholini elektr energiyasi bilan ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. 

1929 yil (bundan 96 yil oldin) – Urgut tumanidagi Ravotxo‘ja qishlog‘i yaqinida joylashgan qadimiy Ravotxo‘ja to‘g‘oni hozirgi ko‘rinishida qayta tiklandi. Zarafshon suvi 511 metrlik tunnel orqali Yangi Darg‘om kanaliga oqa boshladi. Ammo 1950–1951 yillarda to‘g‘on bahorgi toshqinlar natijasida yana ishdan chiqdi. 1960-yillarda qaytadan tiklandi va to‘g‘onning ta’mirlanishi yangidan 52 ming gektar yerni sug‘orish imkonini berdi. 

1930 yil (bundan 95 yil oldin) – Farg‘ona Pedagogika institutiga asos solindi. O‘zbekiston hukumatining qaroriga muvofiq 1991 yil 1 martda uning negizida Farg‘ona davlat universiteti tashkil etilgan. 

1933 yil (bundan 92 yil oldin) – Toshkent viloyati Qibray tumani QibrayGES qishlog‘ida joylashgan Qodiriya GESi ishga tushirildi. 

1967 yil (bundan 58 yil oldin) – O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo tavallud topdi. Uning she’rlari o‘ziga xos nozik tuyg‘ular, milliy bo‘yoqlar, o‘zbekona ohang va falsafa bilan yo‘g‘rilgan. Ko‘plab she’rlari taniqli xonandalar tomonidan kuylanadi. U 1999 yilda “Shuhrat” medali, 2014 yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan. 

1998 yil (bundan 27 yil oldin) – “O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ustasi» faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

2001 yil (bundan 24 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq, 31 avgust Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni etib belgilandi.

2014 yil (bundan 11 yil oldin) – mamlakatimizning yirik shaharlari – Toshkent va Samarqandda birinchi marta “Favvoralar sayli” o‘tkazildi.

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sirdaryo viloyatida joylashgan «Sardoba suv ombori» to‘g‘onida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi imzolandi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekistonga 2005 yil 1 yanvarga qadar kelib, doimiy yashayotgan, shuningdek mamlakatda 15 yil davomida doimiy yashab turgan fuqaroligi bo‘lmagan (chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan) shaxslar tomonidan istak bildirilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olish tartibi joriy qilindi.

2023 yil (bundan 2 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatida «Ipak yuli» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zahiriddin Muhammadga atab “Boburiya” nomli risola yozgan allomani bilasizmi?