Har gal buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, dilbar shoir Zahiriddin Muhammad Bobur kitobini varoqlaganda uning boqiy g‘azalu so‘zlaridan mangu sog‘inch va salomlarini yurakdan his qilamiz.

Ey yel, borib axbobga nomimni degil,

Kimki meni bilsa bu payomimni degil,

Mendin demagil gar unutilg‘on bo‘lsam,

Kimki meni bilsa, bu salomimni degil.

Hazrati Bobur adolati saxovatiga, haqiqati tariqatiga, zakovati nazokatiga, muhabbati shijoatiga uyg‘un, nafaqat boshqa tarixiy shaxslar, balki o‘zi haqida ham so‘z aytishda haqiqat va rostlik maqomidan zinhor chekinmagan, “O‘z yerni qo‘yib Hind sori yuzlandim, Yorab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi” degan so‘zni mardona ayta olgan chinakam komil qalb sohibi edi. Alisher Navoiydan keyin Bobur ma’naviyati, axloqi, odamiyligi yana bir ulug‘ dorilfunundir. Ta’bir joiz bo‘lsaBobur hayoti davomida ikki buyuk saltanat tuzdi: biri davlat saltanati bo‘lsa, ikkinchisi ilmu ma’rifat, nazmu nasr saltanatidir. Boburning birinchi yo‘nalishdagi zafarli yurishi insoniyat tarixida alohida o‘rin tutgan boburiylar qismati bilan xotimalangan bo‘lsa, ikkinchi yurishi hamon davom etayotir, yangi-yangi ellarni, dillarni zabt etayotir. Bu ma’naviy fazilatlar, odamiylik yurishidir.

Davlatimiz rahbari yaqinda ma’naviyat masallariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’naviyat haqida gapirib “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni, ruhi ma’naviyatdir”, dedi. Bu dunyoda kuchli iqtisodiy taraqqiyot ham ma’naviy tanazzul oldida ojiz qolayotgan, odamlar moddiy jihatdan boyisalar-da, ma’naviy jihatdan qashshoqlashib, ayrim tabaqalarda madaniyatsizlik madaniyat, axloqsizlik zamonaviylik, tubanligu fahsh hayotning mazmuni deb jar solinayotgan bir paytda bashariyatda yuksak insoniylik bardavomligi uchun ma’naviy-axloqiy fazilatlar naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini anglaymiz. Hazrat Alisher Navoiy elning ma’naviy-axloqiy fazilatlari moddiylik oldida qanchalar yuksak turishi haqida shunday yozadi.

Gar yo‘qdir adab ne sud oltin unidin,

Elning adabi xushroq erur oltunidin.

Bobur Mirzo “Mubayyan” kitobi xotimasida ma’naviy boylik haqida shunday yozadi: “Ey Bobur, bu kitob tasnifida agarchi ranj chekkan bo‘lsam­da, qo‘limga shunday bir ganj­хазина kirdiki, har qanday ganj xarj etish bilan kamayib boradi, ammo bu ma’naviy ganj – bu ilm xazinasi xarj etgan sari tobora ortib boradi”. Hindistonga yurish qilgan aksariyat podshoh-hukmdorlardan farqli o‘laroq, Boburshohgina bu yurtni vayron etmadi, boyliklarini talon-taroj qilmadi, o‘sha joyni o‘z yurtidek obod etdi, muhtasham hind madaniyatini yuksak musulmon madaniyati bilan boyitdi.

Uning: 

Beqaydmen-u, xarobu siym ermasmen,

Ham mol yig‘ishtirur laim ermasmen, –

degan so‘zlari nafaqat safdoshlariyu hind xalqi oldidagi, balki vijdoni, iymoni, tarix oldidagi o‘z qalbi, murodi, mas’uliyatining e’tirofidir.

Zero, Boburning niyati boshdanoq pok, xayrli, yaxshi edi. U yurtlarni talash, vayron etish, nafsi ammoraning qutqularini bajo etish uchun emas, obodlik, ilmu ma’rifat, madaniyat eltish uchun zabt etardi.

Bu haqda o‘z davrida Mirzo Muhammad Haydar «Tarixi Roshidiy» asarida «…U turli fazilatlar bilan bezangan va maqtovli xislatlarga ega bo‘lgan bir podshoh edi. Ushbu barcha fazilatlaridan shijoat va muruvvati ustun turardi» deb yozsa, Javaharla’l Neru: «Bobur Hindistonga kelgandan keyin katta siljishlar yuz berdi va yangi rag‘batlantirishlar hayotga, san’atga, arxitekturaga toza havo baxsh etdi, madaniyatning boshqa sohalari esa bir-birlariga tutashib ketdi», deya e’tirof etgan edi. Ingliz tarixchisi Eduard Xolden esa «Boburning manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib qo‘yilgan edi”, deb yozadi. Boshqa podshohlardan farqli o‘laroq, Zahiriddin Muhammad Bobur haqida bunday mehr va e’tirof ila bitilgan yuzlab fikrlarni keltirish mumkin.

Sababi, u saltanatni idora etishda avvalo xalq xohish-irodasini inobatga olar, el-yurtning manfaatlarini ko‘zlab ish tutardi. Madaniyat, ma’naviyat, yaratuvchanlik Bobur davlatining ustivor yo‘nalishlari edi. U davlatchilikda buyuk Amir Temurning davlatni boshqarish siyosatidan nafaqat odillik ila foydalandi, balki turfa din va e’tiqodli, turfa til va urf-odatli, muxtasar aytganda, ko‘pmillatli Hindiston timsolida xalqlarni adolat ila birlashtirib boshqarish madaniyatini yaratdi.

Ilm-fan rivojiga davlat ahamiyatiga molik ish sifatida qaradi. U saroylar, qasrlar qurdirdi, bog‘lar bunyod etdi. Shaharlarni obod etish, savdo-sotiqni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, bog‘-rog‘lar yaratish ishlariga rahnamolik qildi. Bu fazilatlar uning avlodlariga ham meros sifatida o‘tdi: hozirgacha mashhur bo‘lgan me’moriy yodgorliklar, bog‘lar, kutubxonalar, karvonsaroylar qurilishi uning o‘g‘illari va avlodlari hukmronligi davrida ham davom etdi. Boburiylar davrida yaratilgan buyuk madaniy meros nafaqat hindu o‘zbek xalqlari, balki insoniyatning bebaho madaniy-ma’naviy mulkiga aylandi.

Adolat, xalqparvarlik, bag‘rikenglik haqida so‘z ketganda, diniy va etnik nizolar avj olgan bugungi dunyoda Boburshohning barcha davlatlar uchun ibrat bo‘lgulik ikkita muhim farmoniga to‘xtalmoq joiz: birinchisi, davlat boshqaruvida fuqarolarni hindu musulmon deb ajratmay, qaysi e’tiqod va millatga mansubligidan qat’i nazar, tamg‘a solig‘idan ozod etilishi bo‘lsa; ikkinchisi, butun saltanatda sharob ichilishini qat’iyan man etgani bilan bog‘liq farmonlaridir.

“Boburnoma”ning oxirgi sahifasida bu asarni ko‘chirgan noma’lum kotib asar muallifiga shunday xolisona baho berib ketadi: “ Ul podishohi qobilning yaxshilig‘larini aytgan bilan va bitigan bilan tuganmagay. Lekin, mujammal bukim, sekkiz sifati aning zotiga mutassil edi: birisi bukim, najhati baland etdi, ikkimchisi, himmati arjumand edi, uchumchisi, viloyat olmoq, to‘rtumchisi viloyat saxlamog‘, beshimchisi ma’murlig‘, oltimchisi rafohiyat niyati Tengri taolo bandalarig‘a, yettimchisi, cherikni ko‘ngli qo‘lg‘a olmoq, sekkizimchisi adolat qilmoq”.

Davlatimiz rahbari yaqinda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qalblarimizni uyg‘otuvchi bir fikrni aytdilar: “Biz ergashgan emas, ergashtirgan xalqning avlodlarimiz”. Bu ergashtirishga munosiblik zamirida avvalo ilmu ma’rifat, go‘zal axloq, adolat, xalparvarlik, odamiylikda sobitlik turadi. Ezgulik yo‘lida dunyo jaholatga emas, ma’rifatga ergashadi. Dunyo razolatga emas, adolatga ergashadi. Dunyo adovatu nafratga emas, mehru muhabbatga ergashadi.

Boburmirzo ma’naviy-axloqiy fazilatlarining gultoji ezgulik edi. Bu ezgulik nuri uning kitobu devonlarida, qurdirgan inshootlarida, boburiylar qalbiga ekkan munavvar bunyodkorlik ruhida ko‘rinadi. Ana shu ma’noda biz dunyoda tengsiz bo‘lgan Tojmahl obidasida Boburu boburiylarning buyuk qalbini ko‘ramiz.

Boburmirzo shuhratining siri nimada edi? Alisher Navoiy “Quyoshlig‘ istasang kasb kamol et...” deganday, u hamisha mehr topmay, ko‘rsatgan mehriga javobiy munosabat kutmay, barchaga mehr tarqatdi. Yaxshiliq va adolat uning dasturilamali bo‘ldi. Bugun nafaqat turkiyu hind xalqlari, balki dunyo mehr bilan Boburmirzoni yod etmoqda. Bu mehrning qaytishi Boburmirzoga mehr qo‘ygan barchaga muborak bo‘lsin, ruhlari bizdan shod va rozi bo‘lsin.

Minhojiddin MIRZO,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zahiriddin Muhammad Boburning ma’naviy-axloqiy fazilatlari