Zahiriddin Muhammad Bobur O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir.
Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan "Boburnoma" asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis g‘azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalari bo‘lib, "Mubayyin" ("Bayon etilgan"), "Xatgi Boburiy", "Harb ishi", Aruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, she’riyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.
"Boburnoma"ni varaqlarkanmiz, ko‘z oldimizdan Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va Hindiston xalqlariga xos bo‘lgan fazilat va nuqsonlar, ularning tafakkur olamini kengligi va murakkabligi bilan birga, o‘sha davrdagi hayot muammolari, Bobur davlatidagi siyosiy va ijtimoiy hayotning to‘liq manzarasi namoyon bo‘ladi.
Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va "Boburnoma" asari tafsilotlari haqida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti tayanch doktoranti Davronbek Olimjonov bilan suhbatlashdik.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/U9hHhyTFIjs" title="Zahiriddin Muhammad Bobur merosi – millat xazinasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, U.To‘xtayev (video), O‘zA