Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘ilgan kunining 542 yilligiga bag‘ishlab bugun FA Tarix institutida uyushtirilgan umummilliy yig‘in buyuk bobomizning saltanatchilik faoliyati, siyosiy qarashlari, ijtimoiy va tabiiy fanlarga munosabati, alloma merosining harbiy tarixni o‘rganishdagi ahamiyati bo‘yicha ilmiy izlanishlar natijalariga bag‘ishlandi.

Uni ochib bergan Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo Zahiriddin Muhammad Boburning kishilik tarixidagi o‘rnini tadqiq etishning dolzarbligi, bu borada mutaxassislar tayyorlash zaruratini ta’kidlab o‘tdi.

Temuriylar tarixi muzeyi katta ilmiy xodimi Botir Yo‘ldoshev Zahiriddin Muhammad Boburning davlatchilik faoliyati, ya’ni saltanat asoslarini yaratishga qaratilgan muhim masalalarga to‘xtaldi.

Tarix instituti kichik ilmiy xodimi Farida Sultonovaning ma’ruzasida 1612 yili yaratilgan “Jahongirnoma” asaridagi boburiylarga oid qimmatli ma’lumotlar, xususan, Zahiriddin Muhammad Boburning yaratuvchilik ishlari, jumladan, Kobulda qurdirgan bog‘lari, ayvonlari, hovuzlari bilan bog‘liq ma’lumotlarni tahlil qildi.

Tarix fanlari doktori, professor Shafoaddin Deniz o‘z chiqishida asosiy diqqatni Zahiriddin Muhammad Boburning 1510 – 1512 yillardagi Eron safaviylari bilan kelishuvi, Muhammadxon Shayboniy bilan kurashi va o‘sha davr siyosiy muhitga qaratdi.

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Nizomiddin Gulboyev Zahiriddin Muhammad Bobur harbiy yurishlarining asoslarini manbalar hamda miniatyuralar asosida ochib berdi. 

Tarix insituti tayanch doktoranti Davronbek Olimjonov esa “Boburnoma” asarini elshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganishning muhim jihatlariga to‘xtalar ekan, uning ilk va yirik o‘zbek elshunos olimlaridan ekanligini ko‘rsatib berdi. Shu bilan birga, Turondagi iqtisodiy turmush, moddiy va nomoddiy madaniyatlarning holati, talqini va tarixiy-elshunoslik ahamiyatiga to‘xtaldi. Asardagi odatlar, marosimlar, bayramlar, xalq sayillari va milliy o‘yinlarning bugungi kun jihatidan tahlil qilib berdi.

Tarix insituti kichik ilmiy xodimi Islom Bo‘riyev “Boburning astronomiyaga oid asari haqida” ma’ruzasida Humoyun Mirzoga bag‘ishlab yozilgan va aniq fanlarga oid “Tuhfat al-amir” asari to‘g‘risida so‘z boradi.

“Zahiriddin Muhammad Bobur – buyuk tarixiy shaxs va davlat arbobi” umummilliy yig‘inda e’lon qilingan ilmiy natijalar, ma’rifiy fikrlar xalqimiz, ayniqsa, yoshlarning buyuk bobomizning serqirra saltanatchilik, ilmiy-ma’rifiy va ijodiy faoliyati bo‘yicha tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladi, deb to‘laqonli aytish mumkin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/IjKVKOguWmk" title="Zahiriddin Muhammad Bobur – buyuk tarixiy shaxs va davlat arbobi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zahiriddin Muhammad Bobur – buyuk tarixiy shaxs va davlat arbobi (+video)