Zafarov Diyor Shuxratjon o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Tarozilarni tekshirish vagonlarining uch o‘qli aravachalari xizmat muddatini uzaytirilishini ilmiy asoslash” mavzusida
Zafarov Diyor Shuxratjon o‘g‘lining 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poyezdlarni tortish va elektrlashtirish” ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Tarozilarni tekshirish vagonlarining uch o‘qli aravachalari xizmat muddatini uzaytirilishini ilmiy asoslash” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 22-aprel kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo‘lchilar ko‘chasi 1-uy. Toshkent davlat transport universiteti bosh binosi, 259-auditoriya.
Tel.: +998 71 299-00-01
e-mail: rektorat@tstu.uz