Zaʼfaron plantatsiyalari 2 ming gektarga yetkaziladi
Jizzax viloyatining Baxmal tumanida zaʼfaron plantatsiyalari maydoni 900 gektarga yetkazildi. Prezident Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga asosan amalga oşirilayotgan uşbu loyiha doirasida 2027-yilgaça maydonlarni 2 ming gektarga kengaytiriş va yillik hosilni 20 tonnaga yetkaziş közda tutilgan.
Bu jarayon zamirida aniq iqtisodiy maqsad mujassam. Gap faqat qimmatbaho ösimlik yetiştiriş haqida bormaydi. Asosiy vazifa – mahalliy xomaşyodan yuqori qöşilgan qiymatli mahsulot yaratiş. Buning uçun yetiştiriş, qayta işlaş va eksport zanjiri şakllantirilmoqda.
Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev 2024-yil 8-9-aprel kunlari Jizzax viloyatiga taşrif buyurgan edi. Taşrif davomida zaʼfaron plantatsiyalarini 2 ming gektarga yetkaziş vazifasi belgilandi. Şuningdek, hosil hajmini 20 tonnaga oşiriş böyiça topşiriq berildi. Baxmaldagi loyiha ana şu vazifalar ijrosining muhim yönalişlaridan biridir.

Bugun BMB Holding tomonidan amalga oşirilayotgan loyiha izçil rivojlanmoqda. Ayni paytda zaʼfaron plantatsiyalari 900 gektar maydonni qamrab olgan. Yangi yerlarni özlaştiriş va köçat ekiş işlari davom ettirilmoqda. 2027-yil yakuniga qadar maydonlarni 2 ming gektarga yetkaziş rejalaştirilgan.
Biroq zaʼfaronçilikda maydonning kengayişi yagona mezon emas. Mahsulotning sifati, xalqaro standartlarga muvofiqligi ham hal qiluvçi ahamiyatga ega. Şu maqsadda yetiştiriş jarayonidan boşlab laboratoriya nazorati yölga qöyilgan.

BMB Şifo korxonasi boş direktori Şahzod Normurodov mahsulot sifati xalqaro tan olinganini taʼkidladi: “Biz uçun asosiy mezon faqat hosildorlik emas. Mahsulotning sifati va xalqaro talablarga muvofiqligiga alohida eʼtibor qaratamiz. Natijada mahsulotimizning ISO 17025 hamda ISO 3632-1:2011 standartlariga muvofiqligi tasdiqlandi”.
Işlab çiqariş jarayonlarining mahalliylaştirilgani loyihaning asosiy ustunligi hisoblanadi.

Baxmaldagi zamonaviy majmuada gullarni qayta işlaş, quritiş va qadoqlaş işlari bajariladi. Maxsus texnologiyalar yordamida zaʼfaron gullaridan efir moyi va gidrolat ham olinadi. Natijada xomaşyo tayyor isteʼmol mahsulotiga aylantirilmoqda. BMB Za’faron brendi ostida zaʼfaron va uning asosidagi 20 turdagi mahsulot işlab çiqarilmoqda. Bu esa mahsulot turlarini köpaytiriş va bozor talabiga moslaşiş imkonini bermoqda.
Eksport yönalişlari ham tobora kengaymoqda. Hozirda mahsulotlar Italiya, Avstriya, Niderlandiya, Fransiya, AQŞ, Saudiya Arabistoni, Tojikiston va boşqa mamlakatlarga yetkazilmoqda. USDA Organic sertifikati hamda xalqaro sifat talablariga muvofiqlik taşqi bozorlardagi raqobatbardoşlikni mustahkamlamoqda.

Loyihaning ijtimoiy samarasi ham eʼtiborga molik. Korxona mutaxassislarining maʼlumotlariga köra, zaʼfaron yiğim-terimi mavsumida 30 ming nafarga yaqin mahalliy aholi mavsumiy iş bilan taʼminlanmoqda. 500 nafardan ziyod kişi esa doimiy iş örinlariga ega bölgan. Bu körsatkiçlar zaʼfaronçilikning qişloq aholisi daromadlarini oşirişdagi örnini körsatadi.
Eng muhimi, Baxmalda şakllanayotgan işlab çiqariş tizimi bir neçta iqtisodiy vazifani birlaştirmoqda. U yer resurslaridan samarali foydalaniş, bandlikni oşiriş va eksportni köpaytirişga xizmat qiladi. Kelgusida plantatsiyalar maydoni yanada kengaytiriladi. Şuningdek, qayta işlaş quvvatlarini oşiriş va yangi taşqi bozorlarni özlaştiriş ustuvor vazifa bölib qoladi.

Şu tariqa, Baxmal zaʼfaroni oddiy qişloq xöjaligi mahsuloti doirasidan çiqmoqda. U mamlakat agrosanoat salohiyati va eksport imkoniyatlarini namoyon etuvçi yönalişga aylanmoqda.
Abdujalol Qayumov, ÖzA muxbiri