Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan mamlakatimizda yashab, yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgan turli millat vakillaridan bir guruhi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra, turli davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

 O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazi Andijon viloyati bo‘limi raisi Obidjon Nosirov ham “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.  

Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, do‘stlik, hamjihatlikka asoslangan munosabatlar shakllangan. Eng asosiysi, yurtimizdagi barcha millat va elatlarning tengligi, o‘zaro do‘stligi huquqiy jihatdan kafolatlangan. Ayni kunda Andijon viloyatida turli millat va elat vakillari ahil-inoq yashab kelmoqda. O‘zbekiston fuqarosi sifatida ular amaldagi barcha huquq va erkinliklardan to‘laqonli foydalanmoqda. Ayniqsa, ularning o‘z ona tillarini o‘rganishlari, milliy an’ana va urf-odatlarini rivojlantirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.  

Millatlararo do‘stlikni mustahkamlashda qirg‘iz milliy madaniy markazi viloyat bo‘limi, xususan, bo‘lim rahbari Obidjon Nosirovning ibratli faoliyatini alohida e’tirof etish joiz. Obidjon Nosirov 1960 yilda Jalaquduq tumanidagi Abdullabiy qishlog‘ida tavallud topgan. Ushbu qishloqdagi 26-o‘rta maktabda tahsil oldi. Keyin Marg‘ilon iqtisodiyot texnikumini, Andijon davlat tillar pedagogika institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Jalaquduq tumani yoshlar tashkilotida boshlagan.

Keyinroq esa aholisining asosiy qismi qirg‘izlar bo‘lgan Abdullabiy qishloq fuqarolar yig‘inida avval, kotib, keyin uzoq yillar rais bo‘lib ishladi. Qishloqda millatlararo do‘stlikni mustahkamlashga, imkon qadar odamlarning og‘irini yengil qilishga, muammolarini ijobiy hal etishga harakat qildi.  

– Bugun Andijon viloyatida 200 ming nafarga yaqin qirg‘iz millati vakillari yashaydi, – deydi qirg‘iz milliy madaniy markazi Andijon viloyati bo‘limi rahbari Obidjon Nosirov. – Millatdoshlarimiz Jalaquduq, Xo‘jaobod, Marhamat, Qo‘rg‘ontepa tumanlari hamda Xonobod shahrida nisbatan uyushgan holda istiqomat qiladi. Joylarda xalqimizning milliy an’ana va urf-odatlarini davom ettirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Markazimiz tomonidan viloyatda yashayotgan turli millat va elatlarning do‘stligi, totuvligini mustahkamlash, yurtni obod qilish, tinchligini asrashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.  

Obidjon Nosirov tashabbusi va sa’y-harakati bilan qirg‘iz millati vakillari uyushgan holda istiqomat qilayotgan hududlarda “O‘zbekiston – umumiy uyimiz”, “Qudratimiz birlik va hamjihatlikda”, “O‘zbekiston – yagona vatanim”, “ Tug‘ilgan yer – Vatandir”, “Ona yagona, Vatan bittadir”, “Ahil va inoqligimiz – do‘stligimiz poydevori”, “Shu aziz yurt – barchamizniki!” kabi mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, muloqotlar o‘tkazib kelinmoqda. Bugun yurtimizda yashayotgan qirg‘iz xalqi vakillarining o‘z tili, milliy an’ana va urf-odatlarini rivojlantirish, kelgusi avlodga yetkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Xususan, viloyatda qirg‘iz tilida o‘qitiladigan 30 ga yaqin maktab faoliyat ko‘rsatmoqda. Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti qirg‘iz tili bo‘limida qirg‘iz tilini o‘qitadigan mutaxassislar tayyorlanmoqda.  

– Millatim qirg‘iz bo‘lsa-da O‘zbekiston fuqarosiman, – deydi Obidjon Nosirov. – Yurtimizda olib borilayotgan odilona millatlararo siyosat tufayli mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, do‘stlik, hamjihatlikka asoslangan munosabatlar shakllangan. Ochig‘i, millatlararo totuvlik yuksak darajaga ko‘tarilgan O‘zbekistonda yashayotganimdan qalbim faxrga to‘ladi. 

Obidjon Nosirovni yurtimizning faol, fidoyi fuqarolaridan biri, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayni kunda u nafaqat O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazining viloyat bo‘limi raisi, balki Xalq demokratik partiyasi Jalaquduq tuman kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman kengashi deputati sifatida ham samarali va ibratli faoliyat yuritib kelmoqda. O‘zining halol-pokligi, mehnatsevarligi, tashkilotchi va tashabbuskorligi, fidoyiligi bilan hamkasblari, mahalladoshlari, millatdoshlari, qo‘yingki, keng jamoatchilik o‘rtasida katta hurmat-e’tibor topa olgan. Obidjon Nosirovning oilasi ham yurtimizning ibratli oilalaridan. U turmush o‘rtog‘i Fayzixon bilan ikki o‘g‘il, uch qizni tarbiyalab, el qatoriga qo‘shdi. Bugun ular ham turli jabhalarda mehnat qilib, yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shmoqda.  

– O‘zbekistonda yashayotgan turli millatlar, ayniqsa, qirg‘iz millatining o‘zbeklar bilan dini, tarixi bir, – deydi Obidjon Nosirov. – Ular bugun ham bir oila bo‘lib ahil yashab kelmoqda. Demak, ikki xalqning kelajagi ham bir, buyuk kelajakni ham biz albatta, birga quramiz. Turli millat, elat vakillari emin-erkin yashab kelayotgan O‘zbekistonimizda millatlararo do‘stlik aslo zavol topmaydi. Chunki, ular ona Vatanimiz tinchligi, ravnaqi yo‘lida bir jon, bir tan bo‘lib yashamoqda.  

Faxriddin Ubaydullayev, 
Zuhriddin Umrzoqov (surat),

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtimizning buyuk kelajagini birga quramiz