Yurtimizda sportning ommaviyligi yanada oshmoqda
Qashqadaryo viloyatida 2018 yilning IV choragida aholining barcha qatlamlari oʻrtasida oʻtkaziladigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish rejasiga muvofiq barcha sport haftaliklari viloyatning chekka-chekka tuman shaharlarida yuqori saviyada va koʻtarinki ruhda oʻtkazilib borilmoqda.

Bunday sport musobaqalari voha ahlining ommaviy sportga boʻlgan qiziqishini ortishiga, shuningdek, doimiy sport bilan shugʻullanishiga sabab boʻlmoqda.

Shu bilan bir qatorda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining taqvim rejasiga asosan Qarshi shahrida joylashgan “Nasaf” futbol akademiyasida 9-10 yoshli bolalar oʻrtasida “Futbol Gʻunchasi” respublika musobaqasi oʻtkazilmoqda.
Unda Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Xorazm, Qoraqalpogʻiston, Sirdaryo, Jizzax, Fargʻona, Andijon viloyati jamoalari uch guruhga boʻlingan holida oʻzaro raqobatlashmoqdalar.
Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi “Xoʻjaqoʻrgʻon” mahallasida ommaviy sport turlarini namunaviy tashkil etish boʻyicha turli musobaqalar oʻtkazilmoqda.
Ushbu musobaqalarda Xatirchi tumani Tibbiyot birlashmasi, Nuroniy jamgʻarmasi, Yoshlar ittifoqi kengashi, Madaniyat boʻlimi, Xoʻjaqoʻrgʻon 24-umumtaʼlim maktabi va mahalla fuqarolar yigʻinidan kelgan jami 1100 nafar ishtirokchi 12 sport turida boʻyicha musobaqalarda ishtirok etdi.
Mamlakatimizning barcha hududlarida bu kabi musobaqalar tashkil etilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 20 sentyabr kuni “Jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada rivojlantirish” boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda bergan koʻrsatmalari muhim dasturilamal boʻlmoqda.