Munosabat

O‘zbekiston ko‘p millatli davlat hisoblanadi. Yurtimizda 16 xil din va konfessiyaga mansub 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona milliy siyosat tufayli yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, do‘stlik, hamjihatlikka asoslangan munosabatlar shakllangan. Eng asosiysi, tenglik huquqiy jihatdan kafolatlangan.  

Joriy yilning 19 martida Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashni yangi bosqichga olib chiqishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  farmoni hamda uning ijrosini ta’minlashga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasi millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ana shu yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish uchun dasturilamal bo‘ldi.  

Tarixdan bilamizki, yurtimiz fuqarolari o‘rtasida millatlararo munosabatlar, umumilliy totuvlik, bag‘rikenglik, birdamlik – azaliy umuminsoniy va milliy qadriyat sifatida e’zozlangan, qadrlangan.

Biroq, hozirgi globallashuv zamonida barcha mamlakatlar qatori  yurtimizga ham ichki va tashqi tahdidlar o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Yangi O‘zbekistonni, yurtimizning porloq kelajagini barpo etish, erishgan yutuqlarimizni mustahkamlash uchun siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarida keng qamrovli islohotlar amalga  oshirilmoqda.  Tabiiyki, ushbu ulug‘vor maqsadlarga erishishda yurtimizni xalqimiz, shu yurtda yashayotgan turli millat va elatlarni yot g‘oyalar, turli tahdidlar, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlarining salbiy oqibatlaridan saqlash, tinchlik-totuvlik, millatlararo do‘stlik, bag‘rikenglik,  hamjihatlikka erishish  strategik vazifalarimizdan biri hisoblanadi.  

Chunki, yuqorida ta’kidlanganidek, 130 dan ortiq millat va elatlar istiqomat qilayotgan yurtimizda har bir millat vakillari hamjihat bo‘lsa, “bir yoqadan bosh chiqarib” el-yurt ravnaqi, Vatan taraqqiyoti yo‘lida birlashsa, shubhasiz, yurtimizda tinchlik, osoyishtalik, farovonlik bo‘ladi, taraqqiyoti yanada yuksaladi. Axir dono xalqimiz tomonidan “Tinchlik bor joyda baraka bor” degan purhikmat gap  bejiz aytilmagan.

Farmonda yana bir muhim jihat – chet ellardagi vatandoshlarimiz bilan aloqalarni rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olinganligi yanada ahamiyatlidir. Yuqoridagi hujjatlar bilan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ana shu yo‘nalishdagi huquqiy-me’yoriy asoslar va ijro mexanizmlari takomillashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita tashkil etilib, “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Respublikamizda masalaning jiddiyligi inobatga olinib, uning vertikal ijro tizimi tashkil etilishi tasdiqlandi. Ya’ni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar hamda tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik kengashlari faoliyati takomillashtirildi.

Ta’kidlash joizki, birinchidan, farmon bilan millatlararo totuvlik-bag‘rikenglik, birdamlik, hamjihatlikni mustahkamlash, fuqarolarga huquq va imkoniyatlar yaratish vazifalari belgilandi. Ikkinchidan,  xorijiy mamlakatlardagi vatandoshlarimiz bilan aloqalarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Yuqoridagi muhim maqsadlarga erishish bo‘yicha barcha millat va elatlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, daxldorlik tuyg‘usini  kuchaytirish, xorijdagi vatandoshlarga ko‘maklashish, ularning salohiyatini Vatanimiz rivojiga yo‘naltirish kabi muhim vazifalar belgilab olindi.

E’tiborlisi, xorijda istiqomat qilayotgan vatandosh yoshlarimizni tarixiy Vatani bilan faxrlanish, o‘zligini anglash, yurti, Yangi O‘zbekiston ravnaqi va taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish tuyg‘usini shakllantirish hamda bu borada amaliy sa’y-harakatlar qilish uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.  

Shu o‘rinda alohida ta’kidlash o‘rinliki, davlatimiz rahbari  tomonidan dunyoning rivojlangan davlatlari o‘quv yurtlari bilan ta’lim tizimini zamon talablari asosida isloh qilish  borasidagi  hamkorlik ishlarini “Vatandoshlar” jamoat fondi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyati misolida ko‘rish mumkin.

Markaziy Osiyodagi jadidchilik harakatining asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy ta’biri bilan aytganda: “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur”.  

Prezidentmiz tomonidan qabul qilingan yuqoridagi muhim hujjatlar ko‘pmillatli yurtdoshlarmizni “O‘zbekiston – yagona Vatan”, “Yangi O‘zbekiston – mening taqdirimda” g‘oyalari atrofida yanada jipslashtiradi va yurtimizning buyuk kelajagini barpo etishda muhim rol o‘ynaydi.  

Qudratillo Ibaydullayev,

Andijon davlat pedagogika  instituti professori,

institut faxriylar kengashi raisi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtimizda millatlararo totuvlik yanada mustahkamlanadi