Mutaxassislarning fikricha, kanakunjut ipak qurti yiliga 4-7 martagacha avlod beradi. Ularning o‘ragan pillalari oq, jigar rang qizg‘ish tusli bo‘lib, olingan ipak tolasi o‘zining yaltiroqligi bilan ajralib turadi. Ayni kunlarda kanakunjut ipak qurti Hindiston, Xitoy va Vetnam davlatlarida ko‘p uchraydi.

Mamlakatimizda bu o‘simlikni yetishtirish va ipak qurtini boqish maqsadida Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti hududidan 1 gektar yer maydoni va maxsus qurtxona tayyorlandi. Tajriba sifatida birinchi marta may oyining birinchi o‘n kunligida institutga Xitoydan kanakunjut o‘simligining 4 ta navi urug‘lari olib kelinib, 0,5 gektar maydonga ekilib, bugungi kunda agrotexnik qoidalar asosida parvarish qilinmoqda.  

Shuningdek, joriy yil 4 iyun kuni kanakunjut ipak qurtining 4 quti urug‘lari olib kelindi va inkubatoriyada jonlantirildi, institutda 14 iyundan boshlab kanakunjut ipak qurtlarini boqish va sinov ishlari boshlandi.  

Tajriba sinov ishlari olib borilishi natijasida 30 iyunda ilk bor O‘zbekiston sharoitida kanakunjut ipak qurtidan pilla o‘rashga erishilib, bir qutidan o‘rtacha 55-60 kg. tirik pilla hosili olindi. Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan yetishtirilgan kanakunjut pillasining namunalari O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot institutiga, ushbu pillaning texnologik ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularni o‘rganib chiqish maqsadida taqdim etildi.  

Kanakunjut ipak qurtlarining O‘zbekiston iqlim sharoitiga mosligini o‘rganish uchun Ipakchilik ITI mutaxassislari bilan birgalikda Xitoy davlatidan 2 nafar professor olim jalb qilinib, amaliy ishlar tashkil etilgan.   

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/X5MFISYEYtI?si=DSPUXryurQ19nNN1" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Gulnoza Boboyeva,  

Doniyor Yoqubov(video),  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtimizda kanakunjut ipak qurti sinovdan o‘tdi (+video)