Yurtimizda bolalar soni qancha?
Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, 2020-yil 1-yanvar holati boʻyicha yurtimizda 0–14 yoshdagi jami bolalar soni 9 million 870 ming 276 nafarni tashkil etgan. Shundan, 5 million 112 ming 470 nafari oʻgʻil bolalar boʻlsa, 4 million 757 ming 806 nafari qiz bolalardir.
Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.
Respublikamizda 0–14 yoshdagi oʻgʻil-qizlarning 4 million 559 ming 212 nafari shaharda, 5 million 311 ming 64 nafari esa qishloq joylarda istiqomat qiladi.