Bag‘rikenglik, mehr-oqibat, shukronalik va ezgulik bayrami – Ramazon hayiti Sirdaryo viloyatida ham xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda keng nishonlandi. Ramazon hayiti ibodatlarini ado etish uchun chiqqan yurtdoshlarimiz kayfiyatida bugungi tinchlik xotirjamlik, to‘kin-sochinlikka shukronalik, ertangi kunga mustahkam ishonch tuyg‘usi namoyon bo‘ldi.
Erta tongda viloyatdagi Sirdaryo viloyatidagi. 77 ta jome masjidida hayit namozi o‘qildi. Unda 90 mingdan oshiq namozxon qatnashdi. Imom domlalar ma’ruzalarida Ramazon hayitining mohiyati, ma’naviy qadriyatlarimiz yuksalishi yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlar haqida so‘z bordi. Tadbir ishtirokchilari yurtimizga tinchlik-osudalik, xayru barokot tilab duoga qo‘l ochdilar.



Ushbu ayyom kunlarida yurtdoshlarimizning saxovatpeshalik va bir birovga mehr-muruvvat ko‘rsatish kabi fazilatlari yaqqol namoyon bo‘ldi. Davlat va jamoat tashkilotlari, tadbirkorlar ayyom munosabati bilan “Mehribonlik”, “Muruvvat” uylarida xayriya tadbirlarini amalga oshirdilar.Ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar va nogironlar holidan xabar olinib, homiylar tomonidan moddiy yordam ko‘rsatildi.



G‘ulom Primov, Shahriyor Ortiqboyev (surat), O‘zA muxbirlari