“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazi tashabbusi bilan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida markaz qoshida tashkil etilgan “Qirqqiz” akademiyasining taqdimot marosimiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda AQSH, Rossiya, Turkiya, Mo‘g‘uliston, Ukraina, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi xorijiy davlatlardan turli sohalarda faoliyat yuritayotgan lider ayollar, o‘z sohalarida katta yutuqlarga erishayotgan qizlar, hamkor tashkilotlar vakillari va OAV xodimlari hamda yurtimizning oqila va olima ayollari ishtirok etdilar.  

Anjumanni “Umrboqiy meros” targ‘ibot markazi direktori Lutfiya Mirzayeva ochib berib, markaz qoshida tashkil etilgan “Qirqqiz” akademiyasining maqsad va vazifalari bilan tanishtirdi. Shuningdek, 21-asrda Sharq ayollarining ma’naviy-ma’rifiy mavqei, ularning jamiyatdagi o‘rni va roli, xotin-qizlarimiz oldida turgan muhim vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.  

Anjumanning badiiy qismida “Jayxun” xalq qo‘g‘irchoq teatri asoschisi va rahbari Mansurbek Kuryazov, Umidaxon Qurbonova rahbarligidagi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti iste’dodli yoshlari, O‘zbekiston uyg‘ur maqom ansambli rahbari Gulziraxon Ablat, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Gulchehra Yusupova va Malika Ibrohimova o‘zlarining she’r, qo‘shiq va raqslari bilan ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladilar. O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni marhum Abdulla Oripovning rafiqasi Hanifaxon ham mavzu bo‘yicha o‘z munosabatlarini bildirdi.  

Anjuman yakunida “QIRQQIZ qal’asi sirlari” nomli hujjatli film namoyish qilindi. Biz tadbir so‘nggida ishtirokchilar bilan suhbatlashib, ularning fikr va mulohazalari bilan qiziqdik.  

Lutfiya Mirzayeva, “Umrboqiy meros” targ‘ibot markazi direktori:  

— Bugungi anjuman "Umrboqiy meros" targ‘ibot markazi uchun tarixiy va xursandchilik kuni bo‘ldi. Anjumanda biz bilan birga bo‘lib, qo‘llab-quvvatlagan O‘zbekiston va xorijiy davlatlardan ishtirok etgan opa-singillarimizga markazimiz jamoasi nomidan chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Xalqimizda "Yakka otning changi chiqmas, changi chiqsa ham dong‘i chiqmas" degan maqol bor. Biz ham siz kabi tajribali olima va oqila ayollarning ko‘magiga, maslahatlariga tayanamiz. Shuning uchun har biringizni hamkorlikka, dunyo ayollarini tinchlik, farovonlik va ilm yo‘lida birlashishga chaqiraman!  

Ziyoda G‘AFFOROVA, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Toshkent amaliy fanlar universiteti dotsenti, “Shuhrat” medali sohibasi:

— G‘iyosiddin Xondamirning (vafoti – 1535/36) “Makorim ul-axloq” (“Olijanob xulqlar”) asari buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiyning hayoti va adabiy faoliyati to‘g‘risidagi qimmatli manba hisoblanadi. Unda ulug‘ shoir va mutafakkir tomonidan amalga oshirilgan obodonchilik ishlari xususidagi ma’lumotlar keltirilgan. Jumladan, mana shunday ma’lumotlardan xabardor bo‘lamiz.  

Yozilishicha, Navoiy Hirotda “Childuxtaron” (“Qirqqiz”) rabotini qurdirgan. “Rabot” – musofirxona yoki karvonsaroy degan ma’nolarni anglatadi. Shuningdek, u shaharda mavjud bo‘lgan “Childuxtaron” ko‘prigini ta’mirlatgan. Yana “Childuxtaron” hammomini ham barpo ettirgan.  

Bu shundan dalolat beradiki, Navoiy davrida “Childuxtaron” nomi bilan mashhur joylar ko‘p bo‘lgan. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, qirq qiz bilan bog‘liq ma’lumotlar Navoiy zamonasidan oldingi uzoq tarixga borib taqaladi.  

Bugungi kunda tashkil etilgan “Qirqqiz” akademiyasi oldida ulkan vazifalar turibdi. Jumladan, bu ilmiy manbalarga tayangan holda izlanishlar olib borib, yangi-yangi ma’lumotlarni topish talab etiladi.  

Jamila Shermuhammedova, Falsafa fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi:

— Uzoq yillar davomidagi asliy haqiqat yuzaga chiqib, aynan bugun, Tashkilotchilarimizning mashaqqatli izlanishlari real voqelikka aylanib, bugun xalqaro maydonda Sharq ayoli, malikalar, davlat arboblari va ilm uchun o‘z jonini fido qilgan “Qirqqizlar” hayoti, orzu-umidi, maqsadini bitta yo‘lga birlashtirib, ayol zotining ma’rifati, aql-zakovati, intellekti qaysi asr bo‘lishiga qaramasdan, uning kuchi, qudrati, matonati, mehri va muhabbati bilan hamisha yurti, eli, Vatani, onaizorini bitta qalbga birlashtirganini hamda faqat bitta shiorga bog‘langanini isbotladi. Bu shior — ayol iffati, sharm-hayosi, ibosi, g‘ururi va sharafi ekanini “Qirqqizlar” eposi orqali barcha notiqlar o‘z chiqishlarida tasdiqladilar. Bu paradoksmi yoki hayot falsafasimi? Yoki bu jonkuyar, mehribon yurtboshimizning O‘zbekiston xotin-qizlariga bo‘lgan katta ishonchimikan?  

Prezidentimizning "Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori ostida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va bir necha tashkilotlar hamkorligida barcha viloyatlarda “Ma’naviyat festivali”ni o‘tkazib, bir millionga yaqin vatandoshlar bilan ma’rifatlashib keldik. 

“Qirqqiz” akademiyasining taqdimotini xalqaro konferensiyada tasdiqladik va butun dunyo qizlarini birlashtirishga musharraf bo‘ldik. Demak, Sharq ayollarining qudrati, ma’rifati, davlat boshqaruvi san’ati, oila ma’naviyati va bola tarbiyasi barchasi bilimga bog‘liq ekanligini bugun isbotladik. Prezidentimiz doim "bilim, bilim, bilim; ta’lim, ta’lim, ta’lim" deb ta’kidlaydilar, bu bejiz emas. Azal-azaldan "Qirqqiz" akademiyasi butun dunyoni ayollar bilimiga targ‘ib qilgan ekan.

Bugun “Qirqqiz” akademiyasi ham barcha dunyo ayollarini, onalarini bilim va ma’rifatga birlashtirib, dunyo xaritasidagi urushlarni to‘xtatishga, tinchlik xaritasiga imzo chekdik, desam xato qilmayman. Bugungi anjuman tashkilotchilari va barcha qatnashchilarga minnatdorchilik bildiraman. 

Anjuman yuqori darajada o‘tdi, katta yo‘lga chiqdik, muvaffaqiyatlarga erishamiz, deb ishonaman. Dunyo ayollarini ham mehrimizga birlashtiramiz.

Hilola Ibrohimova, jurnalist

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtga qaytgan «qirqqiz»lar