26-aprel – O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun

Agar hayot bo‘lganida edi bu yil O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf o‘zining qutlug‘ yetmish yoshini nishonlar edi. Afsuski, shoirning umri qisqa ekan, yorug‘ olamdan erta ketdi.  

Muhammad Yusuf Alloh bergan iqtidor va iste’dod sohibi edi. Ko‘rinishi, qalbi, yurish-turishi o‘ziday sodda shoirning qalbi bolaligidan adabiyotga, she’riyatga oshufta edi. Ana shu oshuftalik yillar davomida o‘sdi, sayqallandi va yillar o‘tib, uni xalqning suyukli shoiriga aylantirdi.  

Muhammad Yusuf o‘zbek she’riyatiga xalqona navolar ohangini olib kira olgan, kamtar, xokisor ijodkordir. Uning ko‘rinishidan oddiy tuyilgan she’rlarida aslida uyg‘oq va bezovta tuyg‘ular, dilbar kechinmalar  yashiringan. Shu bois, shoir she’rlarini befarq o‘qib bo‘lmaydi.    

El-yurt hurmatini topa olgan Muhammad Yusuf betakror she’rlari bilan odamlarning dardini, qalbidagi quvonch-u shodliklarni, xalqiga, ona yurtga muhabbat, sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini sodda va go‘zal misralar orqali tarannum etgan o‘ziga xos, betakror ijodkor edi.  

Ko‘hna tolbeshikdan  

Boshlangan olam.  

Senga iddaolar  

Qilmay sevaman.  

Bir kuni singlim, deb,  

Bir kuni onam  

Vatan,  

Kimligingni  

Bilmay sevaman!..  

(“Iqror” she’ri)  

Vatanni hech kim Muhammad Yusufdek o‘zgacha seva olmaydi. Chunki, uning ijodida, qalb to‘ridan to‘kilgan betakror satrlarda ona Vatanga muhabbat, uni ardoqlash, yurtparvar bo‘lishdek yuksak insoniy fazilatlar dilga yaqin, go‘zal tashbehlarda tarannum etiladi. Ana shu ohanglar qalbni junbushga keltiradi, yurtni yanada kuchliroq sevishga undaydi.  

O, ota makonim.  

Onajon o‘lkam,  

O‘zbekiston, jonim to‘shay soyangga.  

Senday mehribon yo‘q,  

Seningdek ko‘rkam.  

Rimni alishmasman bedapoyangga.  

(“Izhori dil” she’ri)  

Oddiygina ta’rif. Lekin go‘zal misralarda ona yurtga beqiyos mehr mujassam. Shoirga dunyo kerakmas, uning uchun dunyo bu – tug‘ilib o‘sgan qishlog‘i, o‘z Vatani. U go‘zal yurt sarhadlarini, uning bog‘-u dalalarini hech bir boylikka alishmaydi.   

Shoirning Vatan haqidagi she’rlarini o‘qiganimizda  qalbimizda yurtga o‘zgacha muhabbat, o‘zgacha tuyg‘uni his etamiz. Misralari sodda bo‘lsa-da, samimiy, jumlalari balandparvozlikdan yiroq, tashbehlari o‘ziga xos. Shu bois, xalqimiz Muhammad Yusuf she’rlarini jon-dili bilan o‘qiydi:  

Vatan –  

Yuragimning  

Olampanohi,  

Bu dunyo  

Bukri  bir  

Jiydangning shohi!  

Ko‘zim yoshi bilan  

Sug‘orib  gohi,  

Ko‘ksimda o‘stirgan  

Gulday  sevaman.  

(“Izhori dil” she’ri)  

Shoirning she’rlarida shunday ta’rif-u tashbehlar uchraydiki, ana shu misralarni o‘qigan kitobxon beixtiyor uni xirgoyi qilib yuboradi. Shoirning goh rayhonni, goh jayronni, gohida esa yalpizni o‘ziga eng yaqin do‘st sifatida, erka kiyiklar-u lolaqizg‘aldoqlarni tarannum etguvchi misralari har qanday o‘quvchini beixtiyor sehrlab qo‘yadi.  

Muhammad Yusuf she’rlari xalqona tilda yaratilganligi bois, u har bir o‘zbekning e’tiborini torta oladi. Shoir singari tabiat bilan, qushlar bilan, qo‘yingki, turli jonzotlar bilan she’riy satrlar ila tillasha oladigan, sirlashadigan shoir bo‘lmagan. U oddiygina so‘zlardan jozibador va ma’nodor she’rlarni yarata olgan.  

Sodda va go‘zal misralari bilan xalq hurmati va ehtiromini topgan shoir bugun oramizda yo‘q bo‘lsa-da, uning nomi, ijodi tillarda doston, she’rlari esa minglab qalblarga quvonch, samimiyat, ma’naviy go‘zallik ulashayotgani haqiqat.  

Yaratgan suygan bandasini elga suyukli qiladi, qalbiga boshqalar ko‘ra olmaydigan, ilg‘ay olmaydigan tuyg‘ularni soladi. Shu o‘rinda Muhammad Yusufga ham ana shunday ulug‘ ne’mat ato etilganmikan, degan xayollarga borasan, kishi. Chunki u o‘zining erta o‘limini go‘yo oldindan bilganday. U “Mening dardim” she’rida shunday yozadi:  

Tuzalmaydi dardim mening,  

O‘lsam kerak.  

Tuproq bilan og‘a-ini  

Bo‘lsam kerak.  

O‘lim nima? Bu ham bitta  

Sayr, Ona.  

O‘g‘ling qaro yerga ketdi,  

Xayr ona…

Shoir vafotidan so‘ng marhamatliklar, shoirning hamqishloqlari u bilan iftixor qilibgina qolmay, shoir xotirasini ulug‘lash, nomini abadiylashtirish barobarida ham e’tiborga molik ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, Qovunchi mahallasidagi, shoir xonadoni, u tahsil olgan maktabda muzey tashkil etilib, shoir hayoti, ijodiga oid jihozlar, ko‘rgazmali vositalar, kitoblari bilan bezatildi. Shoir dafn etilgan G‘ishtmozor qabristoni obodonlashtirilib, shoirning byusti o‘rnatildi.  

Har yili aprel oyida Marhamat, ayniqsa, Qovunchi qishlog‘i adabiyot, she’riyat muxlislari bilan gavjum bo‘ladi. Nafaqat Andijon, balki qo‘shni Farg‘ona, Namangan, respublikamizning turli viloyatlaridan shoir ijodining muxlislari tashrif buyurib, she’riyat kechalari, mushoiralar o‘tkazilishi an’anaga aylangan.  

– Rossiyada odatga aylangan shunday an’ana bor, – deydi marhamatning ziyoli insonlaridan biri Ortiqali Husanov. – Har yili rus xalqining ulug‘ shoiri Aleksandr Pushkin tug‘ilgan kuni she’riyat muxlislari shoir haykali oldiga kelib, uning she’ridan o‘qiydi. Besh-olti kishi kelib eshita boshlaydi. Yana kimdir she’r o‘qiydi. Shu tariqa minglab kishilar to‘planib, pushkinxonlik kechasiga aylanadi. Eng qizig‘i, she’rxonlik hech kimning ko‘rsatmasi yoki tashkilotchiligida o‘tmaydi. Kechaning tashkilotchisi xalqning buyuk shoirga bo‘lgan muhabbati bo‘ladi.    

Bugun minglab adabiyot, she’riyat muxlislarining Muhammad Yusuf xotirasini yod etish uchun uning qishlog‘iga, u mangu qo‘nim topgan qabristonni ziyorat qilish uchun kelishlari an’anaga aylanganligi ham  shoir xotirasiga, uning ijodiga bo‘lgan hurmat va muhabbatning namunasidir.  

[gallery-17107]

Bugun – shoir tavallud topgan kun Marhamat, ayniqsa, Qovunchi qishlog‘i shoir va yozuvchilar, ijodkor yoshlar, adabiyot, she’riyat ixlosmandlari bilan gavjum bo‘ladi, she’riyat bayrami o‘tkaziladi. Minglab odamlar ana shu bayramda ishtirok etish, xalqimizning sevimli, soddadil va sodda til shoiri Muhammad Yusuf xotirasini yod etish uchun keladi. Donolar aytganiday, haqiqiy shoirlar o‘lmaydi. O‘zidan betakror va o‘lmas she’rlar qoldirgan Muhammad Yusuf ham barhayot, u yurtdoshlarimiz qalbida mangu yashaydi.  

                                            Faxriddin Ubaydullayev,

Zuxriddin Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtdoshlarimiz qalbida mangu yashaydi