Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Olmazor tuman bo‘linmasi Kengashi tomonidan tizimdagi Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilot raislari uchun “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbirni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi Kengashi Raisi Abduxalil Rahmonov ochib berdi. Sohani rivojlantirishda samarali faoliyat olib borayotgan xodimlarni kasb bayrami bilan tabrikladi.

Bu kasb egalari turli sohalarda mehnat qilayotgan xodimlarga ko‘mak berish, mehnat huquqlarini himoya qilish, emin-erkin ishlashlari, sog‘lig‘ini tiklashlari uchun ham moddiy ham ma’naviy ko‘mak berishga tayyor ekanliklarini alohida ta’kidladi.
O‘tgan davrda kasaba uyushmalari tomonidan ishchi-xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal qilish borasida ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Tadbir yakunida sohada ko‘p yillar mehnat kilib, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajargan, kasaba uyushmasi faoliyatini rivojlantirish maksadida olib borayotgan izlanuvchanligi, erishgan yutuqlari, tashabbuskorligi, shuningdek, mehnat jamoasi orasidagi obro‘-e’tibori va jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan kasaba uyushmasi faollari esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar bilan rag‘batlantirildi.
Ma’lumot uchun, bu kabi bayramlar nafaqat O‘zbekistonda, balki Avstriya, AQSH, Gretsiya, Indoneziya, Kanada, Latviya, Singapur, Fransiya, Xitoy, Shveysariya kabi davlatlarda, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi MDH davlatlarida ham nishonlanib kelinmoqda.
Fayzullo Yahyoyev, O‘zA