Yurt kelajagi – tashabbuskor yoshlar qo‘lida! (+video)
Qarshilik yosh tadbirkor Javlon Lutfullayev “Bolalar akademiyasi” asoschisi, chet elda olgan bilim va tajribasini o‘z yurtining yoshlari manfaatiga yo‘naltirib, ularga sifatli ta’lim bermoqda.
Prezidentimizning 62-sonli qarorida belgilangan imkoniyatlardan unumli foydalangan Javlon Yoshlar ishlari agentligi tavsiyasi bilan “Yoshlar banki” orqali imtiyozli kredit olib, nafaqat o‘z faoliyatini kengaytirdi, balki yangi 50 ta ish o‘rni yaratdi. Bugun u rahbarlik qilayotgan 2 ta xususiy maktabda 300 nafar o‘quvchi zamonaviy sharoitda ta’lim olmoqda. Bu nafaqat yosh tadbirkor uchun yutuq, balki butun hudud ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Davlatimiz rahbari tomonidan yaratilayotgan bunday imkoniyatlar, bilim, mehnat va fidoyilik bilan birlashganda yurtimizning kelajagi yanada porloq bo‘lishiga ishonch uyg‘otadi.
Qahramonimiz bilan suhbatning to‘liq shaklini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/tzeBza8WFqI" title="Yurt kelajagi – tashabbuskor yoshlar qo`lida! " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva,
Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj), O‘zA