Xorijiy safarlarda ko‘p ham bo‘lmaganman. Rosti chetga chiqishniyam ortiqcha istamayman. Negadir shu qadrdon yurtim o‘ziga ohanrabodek tortaveradi.

O‘tgan yili Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan yettinchi xalqaro forum tadbirlarida ishtirok etishga musharraf bo‘ldim.

Boshqalarni bilmadimu, men negadir hali bir qadam Toshkentdan chiqmasdan uyni sog‘ina boshladim, desam, balki g‘alati tuyular-ku, lekin aslida ham shunday edi.

Yetti uxlab tushimizgayam kirmagan Xitoyga bordik. Adashmasam, kuz faslining avji. Bizda hamma yoq tilla tusga kirgan. Xazonrezgi.

Aynan shu paytlarda Chin yurtining olis Guansi-Chjuan avtonom hududidagi Nannin shahri ta’rifga sig‘mas darajada go‘zal. Oktyabr oyoqlab qolgan bo‘lsa-da, atrof xuddi zumrad bahordagidek yam-yashil. Chor-atrofga yashil gilamlar to‘shalgandek. Biz tuvaklarda, koshinli idishlarda ardoqlab parvarishlaydigan Xitoy atirguli, arzanda gul - arxideyalar, yana allambalo gullar har qadamda chamandek ochilgan. Bilishimcha, bu yerda o‘simliklar olamining naqd uch mingdan ortiq turi o‘sar ekan. Qushlarning chug‘uri tinmaydi. Raqamli texnologiyalar jadal taraqqiy etgan, bu "Aqlli-smart" shahar ko‘proq ulkan va maftunkor botanika bog‘ini eslatib yuborsa-da, ko‘ngildagi xiralik, g‘ubor sira tarqamasdi.

Ne ko‘z bilan ko‘rsakki, forum bo‘lib o‘tadigan muhtasham binoga kiraverishda barcha ishtirokchi davlatlarning bayrog‘i bilan birga ona O‘zbekistonimizning davlat bayrog‘i ham mag‘rur hilpirab turardi! O‘z yurtimda gohi hovliqib, gohi xayolchan yurganimdan tuzukroq ham qarab ulgurmagan, ba’zan e’tibor qilmagan bayrog‘imiz ko‘zimga olovdek ko‘rindi. Bu ta’riflashga til ojiz, qalbga g‘oyat yaqin, qandaydir qadrdon manzara edi. Rosti yig‘lab yuborgudek bo‘ldim. Bir tomoni ko‘nglimga nedir xotirjamlik, g‘urur indi. Endi xizmat safari anchayin tatiy boshladi.

Forum g‘oyat baland ruhda o‘tdi. Ishtirokchi davlatlar o‘zlarining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini namoyish etdi. Sohaga doir yangi rejalar, istiqboldagi hamkorlikning kelgusidagi ufqlari belgilandi.

Ha, yurt qadri, uning ramzlarining qimmati olislarda ko‘proq bilinarkan. Jahon musobaqalarida zafar qozongan sportchilar Vatanimiz bayrog‘ini avaylab-ardoqlashi zamirida ulkan ma’no-mazmun, puxta mantiq mujassam ekan. Ularning quvonch ko‘z yoshi bejiz emaskan. Musiqachilarimiz jonajon O‘zbekistonning davlat ramzi ostida yanada o‘z san’atini jo‘shqin ijro etishining sirini anglagandekman. Bayrog‘imiz ularga kuch-quvvat, ijod zavqini bag‘ishlar ekan-da!.. U san’atning sirli dunyosiga parvoz ishtiyoqini tobora kuchaytirishiga shubham qolmadi.

Kimdir balandparvozlikka yo‘yishi tayin. Biroq ona yurt bayrog‘ining jozibasi, muqaddasligi, biz uchun g‘oyat qadrdonligini atigi bir necha kun yurtdan olislarda yurib, yanada teran angladim.

Nazokat Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurt bayrog‘i – muqaddas