10 may — G‘ofur G‘ulom tavallud topgan kun

Sen yetim emassan, tinchlan, jigarim,

Quyoshday mehribon Vataning – onang,

Zaminday vazminu Mehnatkash, mushfiq

Istagan narsangni tayyorlaguvchi

Xalq bor – otang bor. Cho‘chima, jigarim...

Mazkur so‘zlar inson qalbiga nimasi bilan yaqinligi va yupatuvchanligini hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Bu jimgina,  xotirjam umr kechirayotgan jamiyatdagi inson qalbiga ham mash’um kunlar,  urush to‘zonlari-yu talo-tuplardan omon qolgan,  ammo o‘z jigarlarini yo‘qotib,  umidsizlikka tushgan ko‘zlarni eslatadi.  Ularning yuraklarini his etib,  tarix zarvaraqlariga muhrlash uchun qalb insonining shijoati kerak.  Mana shunday vazifani esa,  og‘ir davrlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, tuyg‘ularida aks ettirishga jazm etgan adib va shoir G‘ofur G‘ulom bo‘ldi. Adibning kechinmalari avvalo o‘z boshidan o‘tkazgan kunlariga tayanib ulg‘aygan bo‘lsa,  ikkinchi tomondan hamyurtlarining davr fojialariga munosabati bilan shakllanib bordi.  

1903 yilning 10 may kuni Toshkentda, deqhonlar oilasida tug‘ilgan G‘ofur G‘ulomning otasi savodxon, o‘zbek va tojik mumtoz adabiyotini o‘qigan, rus tilini bilgan va she’rlar ham yozgan. Uning uyiga Muqimiy, Furqat, Asiriy, Xislat va boshqa shoirlar kelib turgan. Bunday muhit esa o‘z-o‘zidan so‘zi o‘tkir,  qalbi sinchkov yigitning shakllanishiga asos bo‘lib boravergan.  

1916 yilning kuzida G‘ofur o‘qishga kiradi. Onasining vafotidan so‘ng (otasi avvalroq vafot etgan), u ishlashga majbur bo‘lgan. Ko‘plab kasblarda o‘zini sinab ko‘rgach, u nihoyat, matbaaga harf teruvchi bo‘lib ishga kiradi, so‘ngra, pedagogik kurslarda tahsil oladi. 1919 yildan 1927 yilgacha u o‘qituvchi, maktab direktori, Ma’naviyat uyushmasi ishchilari raisi bo‘lib ishlaydi, bolalar uyini tashkil etishda faol ishtirok etadi.

1923 yildan esa uning adabiy faoliyati boshlanadi. She’rlar, dostonlar, ocherklar, hajviy hikoyalar va qissalari gazeta va jurnallarda chop etila boshlaydi. 1923 yil yozilgan “Feliks farzandlari” she’rida yetim bolalar haqida gapirarkan, unda yozuvchi o‘z hayotini ifodalaydi.  

“Maorif va o‘qituvchi” oynomasida esa “Go‘zallik qayerda” nomli ikkinchi she’ri nashr qilinali. Birin-ketin she’riy to‘plamlari bosmadan chiqadi: “Dinamo”, “Xitoy suratlari”, “Biz sizlar bilan tirikmiz”, “Jonli qo‘shiqlar”, “Sizga”, “Sovg‘a”, “Tong qo‘shig‘i”, “Qo‘qon” dostoni va boshqalar.

G‘afur G‘ulomning 30-yil boshlarida yozilgan she’rlarida yangi shakllarga burilish seziladi, bunga mumtoz rus tilini o‘rganashi ham muhim darajada ta’sir ko‘rsatgan. Bundan tashqari, sanoatning o‘sishi, Turksib temir yo‘l magistralining qurilishi kabi uning ona yurtida sodir bo‘layotgan ajoyib o‘zgarishlarni ta’riflash uchun yangi lug‘at boyligi, yangi she’riy bo‘yoqlar, yangi ohang va vazn talab etilgan.

“Dinamo” (1931), “Tirik qo‘shiqlar” (1932) — yosh shoirning yo‘nalishi yorqin namoyon bo‘lgan birinchi she’riy to‘plamlari.

“Netay” (1930), “Yodgor” (1936), “Shum bola” (1936-1962) qissalari va “Shariat nayranglari” (1930), “Mening o‘g‘rigina bolam” (1965) hikoyalarida chinakam xalq qahramonlari, milliyligimiz tavsirlangan.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiki G‘ofur G‘ulom “Navoiy va bizning davr” (1948), “Folklordan o‘rganaylik” (1939) tadqiqotlarini, “Jaloliddin dramasi haqida” (1945), “Muqimiy” (1941) maqolalarini yaratgan.

O‘z davrining dolzard asari yosh avlodni tarbiyalashdagi qudratli kuch haqida so‘zlovchi “Yo‘ldosh” dostoni bo‘lgan.  

Shu o‘rinda G‘ofur G‘ulomning "Shum bola"  asarini eslab o‘tmaslik mumkin emas. Aslida og‘riqli kunlarni hajvga o‘rab, aks ettira olish mahorati jihatdan adibga teng keladigani bo‘lmagan, desak,  mubolag‘a bo‘lmaydi.  Bir asarda dard,  hikmat,  haqiqat,  tarix va hajvni jamlash hamda uni xalqqa munosib tarzda yetkazishga undovchi kuch faqat iste’dodlardagina bo‘ladi. O‘zbek adabiyoti mana shunday adiblar mahorati bilan boy ekaniga shubha yo‘q. "Shum bola" asari asosida olingan filmni qayta-qayta ko‘rib ham zerikmaslikning sababi ham shunda.  Unda jumladan shum bola sifatida talqin qilingan Qoravoyning bola qalbi aslida ulg‘ayib bo‘lganini ko‘rib,  beixtiyor o‘sha zamon va insonlar toifaidan boxabar bo‘lasan.  

Shum bola filmda shunday jumlalarni qalb bilan aytganiga alohida guvoh bo‘lish mumkin: "Men yetimning haqini yeb ketmoqchimisiz?"  "Birovga to‘hmat qilish — gunoh,  tag‘in bilmadim".  

Filmda shuningdek,  domla rolini o‘ynagan mahoratli aktyor Ergash Karimovning so‘zlari esa hajvga o‘ralgan,  hikmatni anglatgandek bo‘ladi:  "Donishmandlar tanho yashashadi,  tentaklar esa bir-biriga suyanishadi".  

Unda domlaning shum bola qalbiga singdirgan so‘nggi so‘zi esa:  "O‘qigin, odam bo‘lasan, mana meni aytdi,  deysan,  o‘qigin".  Xo‘sh,  mana hikmat qaysi davrga va qay bir insonga asqatmaydi deysiz?  

Bugun O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida XX asr o‘zbek adabiyoti namoyandalari qatorida G‘afur G‘ulom hayoti va ijodi ham o‘rganilmoqda. Ayni kunlarda Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi ilmiy xodimlari tomonidan adibning hayoti va ijodi o‘rganilib,  ekspozitsiyaga mos jihatlar saralanmoqda.  Markaz tomonidan tuzilgan yana bir ilmiy guruh a’zolari esa G‘afur G‘ulom uy muzeyidagi ijodkorning shaxsiga doir eksponatlar markaz muzeyida namoyish etilishi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda,  deyiladi Islom sivilizatsiyasi markazi ma’lumotida.

Darhaqiqat, G‘ofur G‘ulomning asarlari va hikmatini bugunimiz va avlodlarimiz uchun ham mayoq sifatida o‘rganib borishimiz, insoniy tuyg‘ularimizni va o‘zaro oqibatni saqlashda muhim ahamiyatga egadir.  

Abdulaziz RUSTAMOV,  O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurakdan chiqib, qalblarda saqlanayotgan asarlar hikmati...