Andijonda “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida o‘tkazilayotgan V respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida qator ma’naviy-ma’rifiy, adabiy tadbirlar, ijodkorlar bilan uchrashuvlar, tanlov, xotira va mushoira kechalari bo‘lib o‘tmoqda.

Z.M.Bobur nomli viloyat axborot kutubxona markazida O‘zbekiston xalq shoiri, elimizning suyukli ijodkori, marhum Muhammad Yusufning yorqin hayoti va ijodiga bag‘ishlanib tashkil etilgan “Yuragimga kirib kelgan bahorim”  mavzusidagi xotira kechasi ana shunday tadbirlardan biri bo‘ldi. 

Tadbirda yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunoslar, ijodkor yoshlar, kitobxonlar,  Andijon shahridagi Prezident va qator umumta’lim maktablari o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi. Unda so‘z olgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i Zohidjon Tojiboyev, viloyat kutubxonasi rahbari Gulnoraxon Ismoilova va boshqalar ishtirokchilarni kitobxonlik bayrami bilan tabrikladi. Kitobning inson kamoloti, jamiyat rivojidagi o‘rni va roli muhim ekanligini ta’kidlab, yoshlarni ko‘proq kitob o‘qishga chaqirdi. 

Shundan so‘ng O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Vosit Ahmadxonov, Najmiddin Ikromiy, Orifjon Meliyev marhum shoir Muhammad Yusufning hayoti va ijodi haqida gapirdi. 

– Muhammad Yusuf Alloh bergan iqtidor va iste’dod sohibi edi, – deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Najmiddin Ikromiy. – Ko‘rinishi, qalbi, yurish-turishi o‘ziday sodda shoirning qalbi bolaligidan adabiyotga, she’riyatga oshufta edi. Ana shu oshuftalik yillar davomida o‘sdi, sayqallandi va yillar o‘tib, uni xalqning suyukli shoiriga aylantirdi.

Ha, haqiqatdan ham Muhammad Yusuf o‘zbek she’riyatiga xalqona navolar ohangini olib kira olgan, kamtar, xokisor ijodkor edi. Uning ko‘rinishidan oddiy tuyilgan she’rlarida aslida uyg‘oq va bezovta tuyg‘ular, dilbar kechinmalar yashiringan. Shu bois, shoir she’rlarini befarq o‘qib bo‘lmaydi. 

 El-yurt hurmatini topa olgan Muhammad Yusuf betakror she’rlari bilan odamlarning dardini, qalbidagi quvonchu shodliklarni, xalqiga, ona yurtga muhabbat, sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini sodda, go‘zal misralar orqali tarannum etgan o‘ziga xos, betakror ijodkor edi. 

Ko‘hna tolbeshikdan

Boshlangan olam.

Senga iddaolar

Qilmay sevaman.

Bir kuni singlim, deb,

Bir kuni onam

Vatan,

Kimligingni

Bilmay sevaman!..

 (“Iqror” she’ri)

Ana shunday samimiy, sodda satrlar bilan yurtni, Vatanni qalbdan sevishni o‘ziga xos tarzda izhor etgan iqtidor sohibi edi. 

Tadbirda yosh ijodkorlar, o‘quvchilar shoirning hamda unga atab o‘zlari yozgan she’rlardan namunalar o‘qidi. San’atkorlar tomonidan shoir she’rlari bilan aytiladigan qo‘shiqlar ijro etildi. 

Viloyatning barcha tuman va shaharlarida “Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi bu kabi tadbirlar yuqori ko‘tarinkilik bilan bo‘lib o‘tmoqda. 

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (foto), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yuragimga kirib kelgan bahorim”