Kadrlarni tayyorlash masalasi Yangi O‘zbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessans uchun qulay sharoitlar yaratish jarayonlarida yetakchi o‘rinni egallaydi. Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga bog‘liqdir.

Shu bois ham davlat zamonaviy chaqiriqlarga samarali javob qaytarish, innovatsiyalarni joriy etish, murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va Yangi O‘zbekistonning jahonda munosib o‘rin egallashini ta’minlashga qodir bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan hozirgi zamon sharoitida jadal texnologik taraqqiyot va O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan tub islohotlar talablariga javob bera oladigan mutaxassislarning yangi avlodini tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. 

Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash muhimligi siyosiy faoliyatning barcha bosqichlarida e’tirof etilmoqda. Xususan, yosh kadrlarni xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash “O‘zbekiston-2030” strategiyasida davlat siyosatining strategik ustuvor yo‘nalishi va hayotning barcha jabhalarini modernizatsiya qilishning eng muhim sharti sifatida alohida o‘rin egallaydi. 

Shu ma’noda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi uzluksiz ta’lim tizimini doimiy takomillashtirish, sifatli ta’lim-tarbiya berish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga izchil intilayotganini alohida ta’kidlash lozim. 

Taraqqiyot, innovatsiya va yuksak hayot standartlariga yo‘naltirilgan yangi jamiyatni shakllantirish  nafaqat inson kapitalining son jihatidan o‘sishi, balki mutaxassislarni tayyorlashga bo‘lgan yondashuvlarni sifat jihatidan yangilashni taqozo etadi. Jadal o‘zgarishlar va global raqobat sharoitida O‘zbekistonga transformatsiya jarayonlarini amalga oshirish va istiqbolli kelajakni bunyod etishda ishtirok etishga qodir yangicha fikrlaydigan mutaxassislar kerak. 

Istiqbolli kadrlarni tizimli tayyorlash va ularni nafaqat mamlakat ichida, balki uning tashqarisida ham qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash davlat siyosatining asosiy vazifalaridan biridir. 

5 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu sohani rivojlantirish, jumladan yosh iste’dodlarni aniqlash, o‘qitish va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. 

Xorijda ta’lim olishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi qator salmoqli natijalarga erishdi. Jumladan, 2225 nafar stipendiatlar 45 ta davlatga o‘qishga yuborilib, buning uchun byudjetdan jami 1,5 trillion so‘m ajratildi. Xozirgacha 1 ming 400 nafar bitiruvchilar O‘zbekistonga qaytib, iqtisodiyot tarmoqlarida, ta’lim, fan, tibbiyot va davlat boshqaruvida ishlamoqda. Bugungi kunda 748 nafar stipendiatlar “TOP-300” talikka kiruvchi nufuzli universitetlarda ta’lim olyapti. 

Mazkur ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida fondni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi etib, Davlat boshqaruvi akademiyasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. Bu davlat xizmatining ustuvor yo‘nalishlari va zamon talablarini hisobga olgan holda mutaxassislar tayyorlashning kompleks tizimini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.  

Ta’lim strategiyasi nafaqat bakalavriat, magistratura va doktorantura, balki davlat xizmatchilarining olti oylik maqsadli stajirovkasini ham o‘z ichiga oladi. Bunda asosiy e’tibor energetika, urbanizatsiya, transport, muhandislik, texnika, arxitektura, yer munosabatlari kabi muhim yo‘nalishlarga va davlat boshqaruvi masalalariga qaratiladi. 

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya olishning yangi, yanada moslashuvchan shartlarini joriy qiladi. Jahonning “TOP-100” taligiga kiruvchi universitetlarga grant asosida o‘qishga kirgan nomzodlar qo‘shimcha imtixonlarsiz moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi. Xuddi shunday imtiyozlar top-300 talik universitetlariga kirganlar uchun ham ko‘zda tutilgan – ularga transport va turar joy xarajatlari qoplab beriladi. Bundan tashqari, xalqaro reytingdagi top-20 talikka kiradigan universitetlar ta’lim grantlarini qo‘lga kiritgan  Prezident maktablari bitiruvchilarini qo‘llab-quvvatlash ham nazarda tutilgan. 

Xorijda tahsil olayotgan talabalar bilan o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirish uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlarining Ota-onalari kengashi tuziladi. O‘zbekistonning konsullik idoralari esa talabalarga huquqiy va tashkiliy ko‘mak ko‘rsatadi.

Zamon talablariga mos mutaxassislar tayyorlashda Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining ham o‘rni katta. Bu yerda “Hokimlar maktabi”, “Rahbar ayollar maktabi”, “Kelajak yetakchilari” kabi innovatsion dasturlar yo‘lga qo‘yilgan. Birgina o‘tgan o‘quv yilida bu yerda 13 mingdan ziyod tinglovchilar malakasini oshirdi.

Yangi model doirasida davlat xizmatchilarini tayyorlashning uch bosqichli tizimi: malaka oshirish, kasbga qayta tayyorlash va magistratura joriy etiladi. Barcha dasturlar xalqaro hamkorlar bilan birgalikda va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining tavsiyalarini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi. Magistraturada davlat boshqaruvi, siyosat, hududiy rivojlanish, kadrlar va moliyaviy boshqaruv kabi yo‘nalishlarga urg‘u beriladi.  O‘qish muddati 18 oyni o‘z ichiga olgan bo‘lib, grant hamda to‘lov- kontrakt ta’lim shakllari mavjud bo‘ladi. 

Ilmiy va ta’lim faoliyatini yuqori darajada bo‘lishini ta’minlash maqsadida akademiyada Xalqaro akademik maslahat kengashi tuziladi va ixtisoslashtirilgan markazlar ochiladi. Misol uchun, Davlat boshqaruvi sohasidagi amaliy tadqiqotlar markazi xususiy sektordagi ijobiy tajribani hisobga olgan holda davlat apparatini optimallashtirish uchun samarali yechimlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, ta’lim tizimiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, iqtidorli yoshlarni doimiy izlash va strategik islohotlarni amalga oshirish uchun malakali mutaxassislarni jalb etish zarurligini ta’kidladi. Bularning barchasi istiqboldagi vazifalarini bugundan hal eta oladigan kuchli inson kapitali orqali O‘zbekistonning global hamjamiyatda munosib o‘rin egallashini ta’minlashga qaratilgan. 

Ta’kidlash joizki, mamlakatda iste’dodli kadrlarni tayyorlash, ularning ongiga odob-axloq qoidalarini singdirish, maktab ta’liminining sifati va samaradorligini oshirish orqali har bir o‘quvchining intellektual salohiyatini rivojlantirish, oliy ta’lim muassasalarida o‘qish imkoniyatini kengaytirish, zamonaviy bilim va keng dunyoqarashga ega bo‘lgan malakali kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Umuman olganda, hozirgi zamon sharoitida davlat va jamiyat boshqaruviga aloqador ko‘plab muhim masalalarni yuksak intellektual salohiyatga ega va har qanday murakkab vaziyatda mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, zamonaviy va kreativ fikrlaydigan shijoatli va tashabbuskor yosh kadrlarga topshirish lozim. 

Yuqori malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatdan yangi tamoyillariga qaratilgan ta’lim islohotlari taraqqiyot, innovatsiya va yuksak hayot standartlariga yo‘naltirilgan yangi jamiyatning shakllanishiga olib keladi. Yuqori malakali kadrlargina shiddat bilan o‘zgarayotgan va global raqobat kuchayib borayotgan sharoitda Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlari va o‘zgarishlarni harakatga keltiruvchi kuchi bo‘lishga qodir. 

N. Rashidova,

“Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining strategik yo‘nalishi