AOKAda o‘tkazilgan brifingda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ axborot xizmati rahbari Ulug‘bek O‘runov yuqori kuchlanishli elektr tarmoq va podstansiyalarda olib borilgan ta’mirlash-sozlash ishlari yuzasidan ma’lumot berdi.

Unda qayd etilishicha, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishi uchun barcha zarur  choralar ko‘rilmoqda.  Jumladan,  2023 yilda 8 dona kuch transformatori, 36 dona o‘chirgich, 3 dona havo kompressori va uzunligi 830,68 km. bo‘lgan 110–220–500 kVt kuchlanishli elektr uzatish havo liniyalarini mukammal ta’mirlash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 289 dona podstansiya transformatori, 1532 dona o‘chirgich, 22 dona havo kompressori va uzunligi 4958,751 km. bo‘lgan 110–220–500 kVt kuchlanishli elektr uzatish havo liniyalarini joriy ta’mirlash rejalashtirilgan.

-Joriy yilning 1 may holatiga ko‘ra,  4 dona kuch transformatori, 11 dona o‘chirgich va uzunligi 460,42 km bo‘lgan 110–220–500 kVtli elektr uzatish havo liniyalari mukammal, 148 dona podstansiya transformatori, 713 dona o‘chirgich, 16 dona havo kompressorlari va uzunligi 2100,2 km. bo‘lgan 110–220–500 kVtli elektr uzatish havo liniyalari joriy ta’mirlangan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mavsumga tayyorgarlik jarayonida turli himoya vositalari, ehtiyot qism hamda uskuna-jihozlar zaxirasini yaratish, maxsus avtotransport vositalarining holatini tekshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Yoz mavsumiga tayyorgarlik jarayonida 60 tonna transformator moyi xarid qilingan. Bundan tashqari, kuch transformatori, texnik plastina, kabel mahsulotlari, temir-beton tayanchlar, metall tayanchlar, sim-arqonlar hamda izolyator kabi ehtiyot qismlaridan avariyaviy zaxira yaratilgan,  -dedi U. O‘runov.  

Brifingda aytib o‘tilganidek,  favqulodda holat sodir bo‘lganda zudlik bilan avariyaning oldini olish maqsadida 65 ta brigada tashkil etilgan bo‘lib, brigadalar maxsus avtotransport vositalari, zarur ehtiyot qismlar va himoya vositalari bilan ta’minlangan.  

Mavsumga tayyorgarlik jarayonida 15 mingdan ortiq izolyatorlar almashtirilgan, hozirda ekspluatatsiya qilinayotgan 238 ta kuch transformatorlari hamda 2343 dona 6–10–35–110–220 hamda 500 kVt kuchlanishli o‘chirgichlar davriy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Shuningdek, transformatorlar sovutish tizimining texnik holati, moyli qurilmalarning moy sathi me’yorga keltirilgan.  

O‘z navbatida, brifingda 159 dona 10–35–110–220–500 kVtli reaktorlar texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, elektr uzatish havo tarmoqlarining ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida 550 dona qushlar qo‘nishiga qarshi moslama hamda 8082 dona izolyatorlar o‘rnatilgani hamda yil yakuniga qadar “Modernizatsiya” loyihasiga asosan 8 ta podstansiyalarda jami 1200 mVt quvvat oshirilishi, shuningdek, Andijon viloyatida 1 ta 220 kVt podstansiya qurilib, qo‘shimcha 125 mVt quvvat yaratilishi rejalashtirilgani haqida ma’lumot berildi.  

Nasiba Ziyodullayeva,  O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoq va podstansiyalari reja asosida ta’mirlanmoqda