Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hokimligi tomonidan hududda aholi bandligini ta’minlash, investitsiya loyihalari va eksportyor korxonalar faoliyati bilan tanishtirish maqsadida jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi.

Dastlabki manzil Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazi (AKIS) bo‘ldi. Bu yerda fermer, dehqon xo‘jaliklari, klasterlar, tomorqa yer egalari uchun keng ko‘lamdagi yuzdan ortiq agroxizmatlar taqdim etilyapti. Hozir agrar sohasida ma’lumotlarni ishlab chiqish, ularni soha ishtirokchilari orasida keng joriy etish va yuqori natijalarga erishish muhim ahamiyatga ega. Shu tufayli yangi tizim qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan barcha darajadagi davlat, xususiy va jamoat tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik qiladi.

Markazda laboratoriya, konsultatsiya, yuridik xizmatlar, keng ko‘lamdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini harid qilish, sohaning boshqa ishtirokchilari bilan aloqa va munosabatlar o‘rnatish va ularni kuchaytirish imkoniga ega.  

Tuman hokimi Uskenboy Atemov va turkiyalik soha mutaxassislari jurnalistlarga bu borada atroflicha ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng jurnalistlar tumandagi “Guliston” MFY hududida joylashgan «Millatlar do‘stligi» madaniyat saroyida yozgi ta’til davrida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

–   1970 yilda bunyod etilgan mazkur majmua o‘tgan yillar davomida ancha eskirib, yaroqsiz holga kelib qolgan edi, – deydi «Millatlar do‘stligi» madaniyat saroyi direktori O‘g‘iloy Qurbonova. – Tuman hokimi tashabbusi va taklifi bilan 2019 yilda madaniyat saroyi qayta rekonstruksiya qilindi. 2020 yilda foydalanishga topshirilgan madaniyat saroyida hozir beshta muhim tashabbus doirasida hudud bolalari uchun raqs, shaxmat-shashka, tikuvchilik, musiqa va kitobxonlik kabi to‘garaklar tashkil etilgan. Unda 250 nafardan ortiq bolalar qamrab olingan. Shuningdek, 400 o‘rinli konsert zali ham bor bo‘lib, yil davomida turli bayram va musiqiy tadbirlarni tashkil uchun qulay.  

Ko‘pmillatli “Guliston” MFYda 3 ming 200 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Qozoq va Koreys milliy markazlarining tuman bo‘limlari faoliyat yuritmoqda. Yozgi ta’til paytida karantin talablari asosida mazkur madaniyat saroyida ish tashkil etilgan. Bolalar faqat bir to‘garakda vaqt o‘tkazish bilan cheklanmaydi.  

Press-tur davomida jurnalistlar hududdagi “Stol tennisi” markazi yoshlariga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.  

Keyingi yillarda yoshlarni sportga jalb qilish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tufayli hududlardan ko‘plab sport turlari bo‘yicha yangi chempionlar yetishib chiqmoqda. Xususan, stol tennisi ham Toshkent viloyatida ancha ommalashmoqda.

Ko‘plab mahalliy va xalqaro musobaqalarda faol ishtirok etib yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan yoshlar safi tobora kengayib boryapti.

Tumanidagi “Stol tennisi” markazida hozir 138 ta sportchi shug‘ullanadi. Jumladan, ular orasida 8 ta sport ustasi, 1 ta olimpiya ishtirokchisi ham bor. O‘zbekiston va Osiyo chempionatlari ishtirokchisi, sport ustasi Anvar Karimov yoshlarning mahoratini oshirmoqda. Jumladan, Zoxid Kenjayev va Marhabo Magdiyeva stol tennisi bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Press-tur ishtirokchilari tumandagi sanoat korxonalari faoliyati bilan ham tanishdi. Xususan, “Yevro Global Invest” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxonada amalga oshirilayotgan ishlar barchada katta taassurot qoldirdi.

–   Klaster usulida qurilish sohasi uchun yirik yig‘ma temir-beton panellari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mazkur loyihaning umumiy qiymati 40 million yevroga teng, – deydi korxona rahbari Oybek Boboyev. – Korxona mahsulotlari jahon standartlariga mos, zilzilabardoshligi ham yuqori. Ulardan ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi va tashqi fasadiga bezak berishda foydalaniladi.  

Yurtimizda yangicha dizayndagi temir-beton materiallariga talab yuqori. Bu yerda ko‘p qavatli uylar qurilishida ishlatiladigan temir-beton mahsulotlari zamonaviy dizayn asosida, rangli qilib tayyorlanadi.

Mutaxassislar qayd etishicha, bu yerda yiliga 30 ta 9 qavatli bir yo‘lakli uy-joylar qurishga yetadigan plitalar, zinapoya va lift shaxtalari kabi jami 18 turdagi yig‘ma temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish, 1,1 million tonna mayda tosh, 1 million tonna asfalt, 500 ming kub metr beton tayyorlash quvvatiga ega.

Ma’lumki, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil mart oyida Toshkent viloyatiga tashrifi davomida mazkur zamonaviy qurilish materiallari klasteri faoliyati bilan tanishib, sohani rivojlantirish bo‘yicha mas’ullarga zarur tavsiyalar bergan edi.

Bu yerda shuningdek, xonadonlar uchun ichki va tashqi eshiklar, deraza romlari, mebel jihozlari ham yasalmoqda. Bundan tashqari, korxona yo‘l qurilishi bilan ham shug‘ullanadi. Mazkur qurilish materiallari ishlatilgan uylar qator afzalliklarga ega bo‘ladi. Birinchidan, tannarxi boshqa uylarga nisbatan 30 foiz arzon, tashqi devorlari issiq va sovuqdan himoya qiladi. Qurilishi ham tez, har bir qavatni ko‘tarish uchun o‘rtacha 2 kun vaqt ketadi.  

Korxonaga Italiya, Germaniya va Avstriyaning 50 dan ortiq turdagi zamonaviy uskuna va jihozlari o‘rnatilgan. Hozir 450 nafar ishchi mehnat qiladi.

Abdulaziz Musayev, Abror Esonov(surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuqori Chirchiq tumaniga press-tur tashkil etildi