Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ushbu tashkilot tashkil etilganining 80 yilligiga to‘g‘ri keldi.

Sessiya doirasida atrof-muhitni muhofaza qilishda jahon hamjamiyatining sa’y-harakatlari birligini ifodalovchi daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tashabbus YUNESKO ning 2025 yildagi Bosh konferensiyasi ishtirokchilarini birlashtirdi. Shuningdek, tashabbus barqaror hamda yashil kelajak uchun jamoaviy harakatlarni quvvatlab, ekologik xabardorlikni oshirishga qaratildi.

Bu  global tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi “YUNESKOning 80 yilligiga 80 ming daraxt” aksiyasini o‘tkazdi.

Tadbir doirasida markaz va unga tutash hududlarda Orolbo‘yi sharoitiga moslashtirilgan yuzlab daraxt ko‘chatlari ekildi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“YUNESKOning 80 yilligiga 80 ming daraxt” aksiyasi o‘tkazildi