YUNESKO Ijroiya Kengashining 211-sessiyasida buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) tavalludining 1050 yilligi YUNESKO shafeligida 2022-2023 yillarda keng nishonlanishi bo‘yicha qaror qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi raisi Aziz Abduhakimovni ta’kidlashicha mazkur yubiley sanasini YUNESKO rahnamoligida nishonlash tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ishlab chiqilgan va Bosh qarorgohga taqdim etilgan nomzodlik hujjati Eron Islom Respublikasi, Tojikiston va Turkiya kabi davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Shuningdek ushbu qaror joriy yil noyabr oyida Parijda bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh anjumanining 41-sessiyasida tasdiqlanishi kutilmoqda.

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy o‘rta asr qomusiy bilimlar donishmandi, astronomiya, matematika, falsafa, jo‘g‘rofiya, etnografiya, antropologiya, geologiya, tarix, botanika, farmakologiya fanlarining olimi va insonparvar shaxs bo‘lgan.

Beruniy 973 yilning 4 sentyabrida Xorazmning qadimiy poytaxti Kat shahri (hozirgi Qoraqalpog‘istondagi Beruniy shahri) yaqinida tavallud topgan. Olim matematika va astronomiya kabi fanlarning rivojlanishiga, shu jumladan, sayyoralar joylashuvini hisoblab chiqishni osonlashtirish uchun astronomik parametrlarning nazariy hosilasi va jadval funksiyalarni ishlab chiqishga katta hissa qo‘shgan.

Beruniy 150 ga yaqin asarni yaratib, o‘z davridagi aniq, tabiiy va ijtimoiy fanlarning deyarli barcha sohalariga taalluqli katta ilmiy meros qoldirdi. Beruniy asarlari ko‘plab tillarga tarjima qilingan va shu kungacha ham o‘z dolzarbligini saqlab qolgan.

Nomzodlik hujjatda Arizada ta’kidlanganidek, turli xil taqvim tizimlarini, hukmdorlar tarixini, qahramonlarni, siyosiy voqealarni, madaniyatni, urf-odatlarni va axloq mavzularini o‘zaro bog‘liqligini o‘rganib chiqqan tarixchi sifatida mashhur bo‘lgan Beruniyning ishlari, shuningdek, turli madaniyatlarni yaxshiroq tushunish va umumiy intellektual yutuqlarni baholashni shakllantirishga yordam beradi.

Vashingtondagi Jons Xopkins universiteti qoshidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz institutining raisi Frederik Starr olim faoliyatining ahamiyatini yuqori baholadi - "Beruniyning merosi o‘z miqyosi va ko‘p jihatdan aniq fanlarning rivojlanishini oldindan ko‘ra olgani bilan haqiqiy qiziqish va hayratga sabab bo‘ladi. Uning asarlari tabiatshunoslik sohasidagi keyingi kashfiyotlar uchun kuchli turtki va asos bo‘lib xizmat qildi. Misol uchun, astronomiya va trigonometriyaning mustaqil tadqiqot sohalari sifatida yaratilishi aynan Beruniy bilan bo‘liq. O‘z davrining eng yetuk muhandisi bo‘lgan olim, o‘zi yaratgan formulalar yordamida yer va oyning diametrini XVII asrgacha yashagan boshqa olimlarga nisbatan aniqroq o‘lchashga imkon beruvchi asboblarni o‘zi yasagan. Ba’zi tadqiqotchilar, Beruniy, shuningdek, Shimoliy va Janubiy Amerikaning odamlar yashaydigan qit’alar mavjudligi haqidagi farazni ilgari surganini ta’kidlaydi.

Ammo, shubhasiz, bu olimning o‘zi o‘rgangan ilm-fanning barcha sohalaridagi innovatsiyalari murakkab matematikani til, din va madaniyatning inson hayotiga ta’siri haqidagi misli ko‘rilmagan tushuncha bilan birlashtirdi.

Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan O‘zbekistonda Beruniy tavalludiga bag‘ishlangan qator tadbirlar o‘tkaziladi. Bundan tashqari, Beruniy yubiley sanasi Eron, Tojikiston va Turkiya davlatlarida ham keng nishonlanishi hamda hamkorlikda tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YUNESKO Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini nishonlash haqida qaror qabul qildi