Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati yuksalishida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining boshqa bo‘linmalari qatori Shimoliy kon boshqarmasi ham alohida o‘ringa ega. Ishchi-xodimlar o‘z tajriba, bilim va kasbiy mahoratini investitsiya dasturlarini amalga oshirgan holda ma’danlarni qazib olish va uni qayta ishlash hajmini oshirishga yo‘naltirmoqda. Bu haqda boshqarma direktori Naim Amonov muxbirimizga quyidagilarni gapirib berdi.

– Joriy yil boshidan buyon boshqarmamiz tomonidan yalpi mahsulot ishlab chiqarish 4 trillion 69 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 119,4 foiz o‘sish sur’atini ta’minlash barobarida korxonaning 4,1 milliard so‘m foyda bilan chiqishini ta’minladi. Boshqarmamizda 7 oyda 15,6 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. 

Korxonamizda 82 banddan iborat 155,3 milliard so‘m miqdorida mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan bo‘lib, amalda yoqilg‘i moylash mahsulotlari, elektr energiyasi, dizel yoqilg‘isining ratsionallashtirilishi va ishlab chiqarish hajmlarining oshirilishi hisobiga 162,1 milliard so‘mlik natijaga erishildi. 

Joriy yilning o‘tgan 7 oyi davomida mahalliylashtirish dasturi doirasida 5 milliard 182,7 million so‘mlik 26 turdagi, 24 loyiha bo‘yicha 1 milliard 445,1 million so‘mlik 24 turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarildi. 

Kon ishlarini tezkor boshqarish maqsadida “Sharqiy” va “Dovgistov” konlarida dispetcherlik xonalarini zamon talabiga mos ravishda yangi zamonaviy kompyuterlar va interaktiv displeylar bilan ta’minlandi. Yangi istiqbolli karerlardan biri – “Adjibugut” konida sanoat maydoni infratuzilmasi yaxshilanib, xodimlar uchun dam olish xonalari qurildi. 5-sonli AYOQSH ishga tushirildi. Kon boshqarmasiga “Sharqiy va Dovgistov” konlarini texnik va texnologik qayta jihozlash” ishchi loyihasi doirasida kovlash hajmi 7 m3 bo‘lgan zamonaviy 2 dona LIEBHERRR9100 gidravlik ekskavatorlari sotib olindi. 

Hozirda konlarni kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, “Kokpatas”, “Dovgistov” va “Djasaul” konlarini qazib olish loyihasining III navbati bo‘yicha “Dovgistov” konida 17,9 million tonna, “Kokpatas” konida 39,6 million tonna va “Djasaul” konida 26,2 million tonna oltin tarkibli ma’dan zaxiralari O‘zbekiston Respublikasi Davlat zaxiralar qo‘mitasi tomonidan tasdiqlandi. 

Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida umumiy qiymati 319 million 835 ming AQSH dollariga baholangan “Kokpatas” va “Dovgistov” oltin ma’dan qazib olish III navbati” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi doirasida ishlar olib borildi. 3-GMZda 7 ta tegirmon ishga tushirilgan bo‘lsa, yaqin kunlarda 8-tegirmonda ham ishlar yakunlanadi. Natijada zavodning ma’danni qayta ishlash quvvati yiliga 8 million tonnadan 10 million tonnaga va kon ishlarida tog‘ jinsini qazib olish hajmlari 70 million m3dan istiqbolda 100 million m3 ga oshiriladi. 

2024 yildagi kombinat rivojiga qaratilgan istiqbolli loyiha sabab “Kokpatas” va “Dovgistov” konlari karerlarini kengaytirish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Jumladan, 3-GMZda 7- va 8-sonli bloklarini ishga tushirilishi zavodning flotatsiya, biooksidlanish, sorbsiya, regeneratsiya va tayyor mahsulotlarni filtrlash, quritish va kuydirish sexlarining kengaytirilishiga sabab bo‘ldi. Elektr ta’minotini barqarorlashtirish maqsadida “Feruza” nimstansiyasida 220/10/10 kV va 10/04 kV kuchlanishli 4 ta nimstansiyalarni qurish, suv ta’minotini qayta ishlash ishlari jadallashdi. 

Bundan tashqari, ishchi-xodimlarning turmush darajasini oshirish va ijtimoiy sohani rivojlantirish kombinat rahbariyatining doimiy e’tiborida. 

“Sharqiy” koni sanoat maydonida yarim chuqurlashtirilgan ko‘lami 15 tonnagacha portlovchi moddalarni saqlash doimiy chiqim ombori, ishchi-xodimlar uchun 250 o‘rinli oshxona ishga tushirildi. 3-GMZ hududida Shimoliy kon boshqarmasining markaziy fizika kimyo va biologik laboratoriyasining yangi binosi foydalanishga topshirildi. 

Xullas, bugungi kunda Shimoliy kon boshqarmasida ishlar jadal sur’atlarda davom etmoqda. 

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuksalish yo‘lida ildamlayotgan korxona