Yuksalish: Vatan qarzi - ijod mas’ulyati(+video)
Jamiyatimiz ongini yuksaltirishda, avvalo, kitobxonlik va ma’rifatga e’tibor qaratish muhim. Yurtimiz bayrog‘i baralla xilpirashi, Vatanimiz taraqqiy etishi har bir insonning faolligi, bilimi, tashabbusi va mas’uliyati bilan chambarchas bog‘liq.
“Yuksalish” loyihasining ilk qahramoni — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira Zulfiya Mo‘minova bilan Vatanimizning 35 yillik tarixi, bugungi taraqqiyoti va kelajak istiqbollari haqida mazmunli suhbat o‘tkazildi.
Muloqot davomida chet el davlatlari bilan do‘stlik va adabiy hamkorlik aloqalari, kitobxonlikni targ‘ib qilish, tariximiz, bugungi bunyodkorlik ishlari hamda tinchlik qadri haqida fikr almashildi.
Bugungi tezkor o‘zgarishlar davrida insondan doimiy izlanish, bilim va yangilikka intilish talab etiladi. Zero, yuksalish — bir martalik maqsad emas, balki uzluksiz taraqqiyot va ma’rifat yo‘lidir.
Munira Ramazonova, Nishonboy Abduvoitov, Iskandar Ismatov, O‘zA