“Yuksalish” mahalla fuqarolar yig‘ini yangi binoda
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Yuksalish” mahalla fuqarolar yig‘inining yangi zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi A. Najmiddinov, sektorlar rahbarlari, faxriylar, mahalla faollari ishtirok etdi.
Barcha sharoitlarga ega mazkur bino davlat–xususiy sherikligi asosida barpo etildi.
[gallery-697]
Ta’kidlash kerak, mazkur mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi qurilishida tashabbus ko‘rsatgan tadbirkor Murod Egamberdiyev binoning pastki qavatida “Ustoz-shogird” an’anasi asosida ishlovchi qandolatchilik sexi, ikkinchi qavatida esa yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatuvchi markaz faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Bu Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida yoshlarni mahallalarda kasbga o‘qitish yuzasidan bergan topshiriqlari ijrosi bo‘yicha ilk amaliy harakat bo‘ldi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA