Har bir jamiyatning, unda yashaydigan insonlarning taqdiri va kelajagi albatta davlatlarning yetakchi kuchlari hisoblanmish yoshlar tarbiyasi bilan chambarchas bogʻliqdir.

Yurtimizda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini mustahkamlash, ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirish borasida ulkan ishlar olib borilmoqda. Zero, zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va sergʻayrat yoshlarni tarbiyalash bugunning eng muhim vazifalaridan biridir.

Maʼlumki, Prezidentimiz ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surib, yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash masalalari davlat siyosati darajasida eʼtiborga olindi.

Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati esa qadimdan ota-bobolarimiz tomonidan shakllanib kelgan asl milliy va diniy qadriyatlarimizni ahamiyati nechogʻlik muhim ekanini koʻrsatib bermoqda.

Zero, ertangi farovon hayot jamiyatni mukammal axloq tamoyillari asosida barpo qilish, oilada barkamol farzand tarbiyasi, uning jismonan baquvvat, ruhan tetik, maʼnan yetuk, aqlan va axloqan goʻzal boʻlib yetishi bilan belgilanadi.

Buyuk muhaddis bobomizImom Buxoriyning”Odob durdonalari” (Al-Adab al-mufrad) kitobida keltirilgan muborak hadisi sharifda “Hech bir ota oʻz farzandiga xulqu-odobdan buyukroq meros bera olmaydi”, deyiladi.

Prezidentimiz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi, navqiron avlod vakillarining fikr-mulohazalari, loyihalarini eshitdi, ularning takliflari boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Ochiq muloqot tarzida oʻtgan mazkur uchrashuvda globallashuv sharoitidagi xavf-xatarlar va mafkuraviy xurujlar haqida soʻz borar ekan, Prezident maʼrifatparvar bobomiz Fitratning “Bu dunyo kurash maydonidir. Sogʻlom tan, oʻtkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”, degan soʻzlarini yodga oldi.

Bir kun avval, 26-dekabr kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari bilan suhbatda: “Abdulla Qodiriy ijod maktabida oʻqiyotgan bu bolalar yangi Oʻzbekistonning kelajagi bunyodkorlaridir. Barcha umumtaʼlim maktablari ushbu oʻquv dargohidan maʼnaviyatni, maʼrifatni oʻrganishi lozim. Chunki bu yerda tahsil olayotgan bolalar nafaqat maʼnaviyatli, balki oʻz vatanini yurakdan sevuvchi isteʼdod egalari. Biz ijod maktablarida vatanparvar yoshlarni tarbiyalashni maqsad qilganmiz, – degan edi Prezidentimiz.

Mamlakatimiz aholisining 31 foizi, yoki 10 million nafari 30 yoshgacha boʻlgan yoshlardir. Ularning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli boʻladi.

Nima uchun davlatimiz rahbari aynan yoshlar masalasiga alohida urgʻu bermoqda? Davlatimiz rahbari nufuzli xalqaro tashkilotlar minbarlaridan turib, jahon hamjamiyatini yosh avlod turli buzgʻunchi gʻoyalar va radikal guruhlarga qoʻshilib ketishining oldini olishga chaqirmoqda. Asosiy eʼtiborni maʼrifatga, yoshlarning maʼnaviy va axloqiy tarbiyasiga qaratish lozimligini jonkuyarlik bilan taʼkidlamoqda. Bu bejiz emas, albatta.

«Tarbiya qancha mukammal boʻlsa, xalq shuncha baxtli yashaydi», deydi donishmandlar. Yoshlar tarbiyasi mukammal boʻlishi uchun esa bu masalada boʻshliq paydo boʻlishiga mutlaqo yoʻl qoʻymaslik lozim.

Hozirgi kunda dunyo miqyosida beshafqat raqobat, qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda. Global muammolar – xalqaro terrorizm, ekstremizm, murosasizlik, savodsizlik, jaholat, qashshoqlik, zoʻravonlik gʻoyasi “virusi”, “ommaviy madaniyat”, odam savdosi, qurol-yarogʻ va narkotik moddalar kontrabandasi, noqonuniy migratsiya kabi xavf-xatarlar kuchayib, odamzod asrlar davomida amal qilib kelgan eʼtiqodlar, qadriyatlarga putur yetkazmoqda.

Insoniyatni tashvishga solayotgan mana shunday ogʻriqli muammolarni hal etish yuzasidan Prezidentimiz 2017-yil 19-sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida soʻzlagan nutqida bergan BMTning Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish taklifi jahon afkor ommasida katta qiziqish uygʻotdi. «Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik» maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish haqidagi tashabbusi barcha tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, 2018-yilning 12-dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining yalpi sessiyasida qabul qilindi.

Yosh avlodni jismonan va ruhan sogʻlom, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni kelajagimizning munosib vorislari etib voyaga yetkazishga koʻmaklashish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

Faxr bilan aytish joizki, koʻplab yoshlarimiz oʻzlarining intellektual salohiyati bilan xalqaro olimpiadalar, sport musobaqalari, qolaversa, barcha sohalarda katta muvaffaqiyatlarga erishib, yurtimiz bayrogʻini, Vatanimiz sharafini himoya qilib kelayotganligi barchamizni dildan quvontiradi.

Lekin, yutuqlarimiz bilan bir qatorda, ayrim yoshlar oʻrtasida zararli odatlarga ruju qoʻyish holatlari uchrab turganligini inkor qilib boʻlmaydi. Ana shunday salbiy holatlarning oldini olish, oila, maktab va taʼlim muassasalarida sogʻlom muhitni shakllantirish masalalariga bugun barchamiz jiddiy yondashmogʻimiz lozim.

Milliy va diniy qadriyatlarimizda farzand tarbiyasidagi nozik jihatlarga, ayniqsa, uni mehnatkash, halol, mehr-oqibatli, irodali va mard inson boʻlib yetishishiga alohida eʼtibor qaratiladi.

Lekin afsuski, ular orasida yengil-yelpi hayot kechirishga moyil, eʼtiqodi sust, irodasiz bolalar ham uchrab turadi. Bu toifadagi insonlarni gʻarbona hayot tarziga qiziqmaydi, turli shou dasturlar, ajnabiy ruhdagi kechalar ular taqdirini oʻzgartirmaydi, deya olmaymiz. Hozirda kompyuter, internet klublari, televideniye kabi vositalardagi yengil-yelpi, mazmunan sayoz va turli zararli odatlarni targʻib etuvchi filmlar, yoshlar tarbiyasiga salbiy taʼsir qiluvchi vositalar koʻpaygani hech birimizga sir emas.

Atrofimizda sodir boʻlayotgan hodisalarga xotirjamlik va loqaydlik bilan emas, balki hushyorlik bilan qarash zarur. Yurtboshimiz taʼkidlaganlaridek: “Barchamizga ayon boʻlishi kerakki, qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar oʻziboʻlarchilikka tashlab qoʻyilsa, oʻsha yerda maʼnaviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha – qayerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron boʻlsa, oʻsha yerda maʼnaviyat qudratli kuchga aylanadi”.

Jobir ibn Samuradan rivoyat qilingan hadisda : “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Biringizning bolasiga odob bermogʻi, har kuni yarim soʼ (400 gramm) miqdorida sadaqa qilib turgandan afzaldir”, dedilar” (Termiziy rivoyati). Bundan ravshan boʻladiki, farzandga goʻzal xulq va taʼlim-tarbiya berish mol-dunyo sarflab, sadaqa qilishdan ham savobliroqdir.

Mazkur fikrlardan xulosa chiqargan holda, yoshlar tarbiyasiga barchamiz masʼullikni his qilib, jamiyatimizga xos boʻlmagan illatlarga qarshi birgalikda kurashishimiz lozim. Yoshlar – har qanday jamiyatning ertasi. Ularning ongi uchun vayronkor hamda maʼrifatparvar gʻoyalar oʻrtasida kurash davom etaveradi. Ushbu gʻoyaviy kurashda esa oʻzining ezgu amaliy harakatlari bilan yoshlarning ishonchini oqlay olgan tomon gʻolib boʻladi. Zero, barkamol avlod va yuksak axloqli vatanparvar yoshlar bugunimiz va ertamizning haqiqiy davomchilaridir.

Uygʻun GʻAFUROV,
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – porloq kelajak poydevori