Fargʻona viloyatida ham Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni bayrami katta shodiyona, sayil tarzida nishonlanmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Zero, inson kamolotida uning qoʻliga ilk bor qalam tutqazgan, harf oʻrgatgan, maʼrifat va ziyo sari yetaklagan oʻqituvchi hamda murabbiylarning xizmati beqiyos. Ayniqsa, bugun maktab taʼlimini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylanmoqda. Bu davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda yosh avlod kamoloti, taʼlim tizimini izchil rivojlantirishga qaratilayotgan saʼy-harakatlarning yana bir amaliy koʻrinishidir. Viloyatda ayni paytda 942 umumtaʼlim maktabi faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, ularda 45 mingdan ziyod pedagoglar mehnat qilmoqda.

Fargʻona shahridagi Islom Karimov nomidagi Teatr – konsert saroyi xiyobonida boʻlib oʻtgan bayram sayli oʻqituvchilarga yuksak ehtirom va eʼzoz ifodasi boʻldi. Shahar va tumanlarning taʼlim sohasiga oid koʻrgazmalari, turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar barchada katta taassurot qoldirdi.

Bayram tadbirida Oʻzbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova xalqimiz hamisha ustozlar qadrini sarbaland tutgani, ayniqsa, bugun oʻqituvchilar mavqei yanada ortib borayotganini alohida taʼkidladi. Ustozni rozi qilgan xalqgina buyuklikka erishishi aytib oʻtildi. El ardogʻidagi jonsarak, soha xodimlariga atalgan sheʼrlar yangradi. Jonli ovozdagi maqom qoʻshiqlari ijro etildi.

– Dangʻara tumanidagi 33-umutaʼlim maktabida fransuz tili fani oʻqituvchisi boʻlib ishlayman, – deydi “Doʻstlik” ordeni sohibasi Feruza Soliyeva. – Taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasi, oʻqitish sifati va pedagog xodimlarning bilim va malakasini rivojlantirishga qaratilgan “Zamonaviy maktab” davlat dasturini amalga oshirish doimiy eʼtiborda boʻlishi menga quvvat beradi. Davlatimiz rahbari tomonidan oʻqituvchilarga berilayotgan alohida eʼtibordan boshim koʻkka yetdi, bayram arafasida mukofotlanishim esa quvonchimni yanada oshirdi. Bor bilim va iqtidorimni shogirdlarimga berishga, oʻz hayotimni yosh avlod tarbiyasidek sharafli ishga bagʻishlashga tayyorman. Bu yilgi bayram esa oʻzgacha tarzda nishonlanayotgani ham bizlarni yanada mamnun etmoqda.

Bir guruh sohaning faollari viloyat hokimligining faxriy yorligʻi va sovgʻalari bilan taqdirlandi. Shahar va tumanlar xalq taʼlimi, maktabgacha taʼlim boʻlimlari, oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi boʻyicha tanlov eʼlon qilinib, gʻoliblar aniqlandi.

Xiyobondagi har bir shahar va tuman uchun ajratilgan joy oʻziga xos bezatilgan. Undan oʻrin olgan koʻrgazmalarni koʻrib, oʻqituvchi mehnatiga tasannolar aytasiz.

Bayram sayli kechga qadar davom etdi. Sanʼatkorlar va yosh xonandalar ijrosidagi dilrabo kuy-qoʻshiqlar va ajoyib raqslar kechaga oʻzgacha fusun, dillarga koʻtarinkilik bagʻishladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuksak eʼtibor va ehtirom ramzi
Жамият
21:00 / 30:09:2019