Respublikamiz hududiga bojxona chegarasi orqali kirib kelayotgan tovarlarni yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatmasdan turli noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilishi yoki bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatmaslik holatlarini aniqlash borasida bojxona organlari tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining “Urganch” TIF bojxona posti xodimlari tomonidan viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar nomiga xorijdan keltirilgan tovarlar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida bir nechta bojxona qonunbuzilishi holatlari fosh qilindi.  

Jumladan, Turkiya davlatidan viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan gilam ishlab chiqarish korxonasi nomiga olib kelingan “Sintetik poliester ip” tovarlariga taqdim qilingan bojxona yuk deklaratsiyasi asosida xolislar ishtirokida mazkur tovarlar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, bojxona yuk deklaratsiyasi va yuk kuzatuv hujjatlarda ko‘rsatilmagan, qiymati 138 mln. so‘m bo‘lgan 2632 dona “Sintetik poliester ip” tovarlari borligi aniqlandi.  

Yana bir holatda esa “Bo‘yalgan sintetik poliester ip” tovarlari korxona vakili ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, bojxona yuk deklaratsiyasi va yo‘l yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, qiymati 75 mln. so‘mlik 1165 dona “Bo‘yalgan sintetik poliester ip” tovarlari ortiqcha ekanligi aniqlandi.  

Shuningdek, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy korxona nomiga xorijdan olib kelingan “Alyuminiy isitish radiatori” tovarlari xususiy korxona vakili ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan qiymati 59,6 mln. so‘mlik 149 dona “Alyuminiy isitish radiatori” tovarlari borligi aniqlandi.  

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuk deklaratsiyasi va yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan tovarlar aniqlandi