YPX jarima xatlarini yetkazish 1-martdan to‘xtatiladi
"O‘zbekiston pochtasi" AJ 2026-yil 1-martdan boshlab yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun rasmiylashtiriladigan ma’muriy bayonnomalar, ya’ni jarima xatlarini yetkazib berishni to‘xtatdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu qaror Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Xavfsiz shahar tizimlarini rivojlantirish davlat muassasasi bilan 2026-yil uchun tegishli shartnoma imzolanmagani bilan bog‘liq.
Shu paytgacha YHXX Jamoat xavfsizlik departamenti tomonidan shakllantirilgan jarima xatlari fuqarolarga pochta orqali yetkazib berib kelinayotgan edi. Endilikda esa shartnoma masalasi hal etilmaguncha ushbu xizmat vaqtincha to‘xtatilgan.
"O‘zbekiston pochtasi" AJ ushbu masalaga doir yangi tafsilotlarni taqdim etib borilishini ma’lum qildi.
Hamroz Bayonov, O‘zA